Korporativ karta boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Tavsiyada:
– korporativ karta;
– korporativ kartani ochish;
– korporativ karta orqali toʻlanadigan xarajatlar;
– xodimlarga korporativ kartani topshirish;
– korporativ karta boʻyicha hisobotlar;
– korporativ karta boʻyicha hisob-kitoblarni buxgalteriya hisobida aks ettirish.
Tavsiyaga quyidagilarga asosan oʻzgartirishlar kiritildi:
- 2025 yil 1 yanvardan kuchga kirgan 21-son BHMS;
- VMning 24.02.2025 yildagi 108-son qarori;
- MB Boshqaruvining qarori, 13.03.2025 y. AV roʻyxat raqami 3294-2-son;
- VMning 18.03.2025 yildagi 168-son qarori;
- MB Boshqaruvining qarori, 11.11.2025 y. AV roʻyxat raqami 3294-3-son.
Korporativ karta – juda qulay toʻlov vositasi. U tovarlar va xizmatlar haqini bevosita ularni xarid qilish chogʻida toʻlash imkonini beradi.
Korporativ kartalardan foydalanish boʻyicha asosiy normativ hujjat – Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari toʻgʻrisidagi nizom.
Davlat buyurtmachilari tomonidan korporativ bank kartalari («xarid kartalari»)dan foydalangan holda xaridlarni amalga oshirish tartibi maxsus Nizom bilan belgilangan.
Korporativ kartaning oʻzi nima
Korporativ bank kartasi – uni saqlovchiga, ya’ni yuridik shaxsning vakolatli xodimiga karta hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarini tasarruf etish huquqini beruvchi toʻlov kartasi
.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar bank biznes kartalarini ochadi.
Korporativ kartaning old tomonida majburiy rekvizitlar sifatida quyidagilar koʻrsatiladi
:
- yuridik shaxsning rasmiy (firma) nomi va (yoki) uning toʻlov tizimidagi shartli raqami;
- bank kartasi emitentining rasmiy nomi;
- bank kartasining raqami va amal qilish muddati.
Shuningdek, toʻlov tizimi qoidalari bilan toʻlov tizimi doirasida emissiya qilinadigan bank kartalarining qoʻshimcha majburiy rekvizitlari, identifikatsiya belgilari va bank kartalarining elementlari belgilanishi mumkin
.
Korporativ karta qanday ochiladi
Korporativ kartani rasmiylashtirish uchun xizmat koʻrsatuvchi bank bilan shartnoma tuzing. Buning uchun korxona rahbarining soʻmdagi (valyutadagi) maxsus korporativ karta hisobvaragʻini ochish va korporativ kartani chiqarish uchun arizasini taqdim eting.
Shartnomada nazarda tutilgan muddatda bank maxsus korporativ hisobvaraqni ochadi, kartani tayyorlaydi va uni korxona rahbariga yoki ishonchnoma asosida uning vakiliga topshiradi.
Bank korporativ kartani chiqargani uchun oʻz tarifiga muvofiq haq undiradi.
Buxgalteriya hisobida korporativ kartani chiqarganlik uchun bank vositachilik haqini toʻlashni quyidagi oʻtkazma bilan aks ettiring:
9430-hisobvaraq debeti;
5110-hisobvaraq krediti.
Karta hisobvaragʻini toʻlov topshiriqnomasi bilan tashkilotingizning har qanday depozit hisobvaragʻidan, 2025 yil 12 noyabrdan boshlab esa – kredit (ssuda) yoki tranzit hisobvaraqlardan ham toʻldirib turishingiz mumkin.
Korporativ karta orqali qanday xarajatlarni toʻlash mumkin
Yuridik shaxslar Oʻzbekiston hududidagi faoliyat bilan bogʻliq xarajatlarni korporativ karta yordamida amalga oshirishlari mumkin
. Buning uchun milliy valyutadagi korporativ kartalardan foydalaniladi.
Masalan, korporativ karta yordamida quyidagilar uchun haq toʻlash mumkin:
- asosiy vositalarni, materiallarni, tovarlarni sotib olish;
- ishlar va xizmatlar, shu jumladan mol-mulk ijarasi;
- xizmat safari xarajatlari;
- davlat bojlari va yigʻimlari;
- mobil ilovalar orqali (2025 yil 13 martdan boshlab) hamda joyida (2025 yil 12 noyabrdan boshlab) elektr energiyasi va gaz;
- mobil ilovalar orqali va joyida ichimlik va oqova suv xizmatlari (2025 yil 12 noyabrdan boshlab);
- boshqa xarajatlar.
Davlat buyurtmachilari xarid kartasi yordamida quyidagilar uchun toʻlovni amalga oshirishga haqli
:
- Oʻzbekiston hududida ularning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan chiptalar, yashash xarajatlari va boshqa xizmat safari xarajatlari;
- davlat buyurtmachisining ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda talab etiladigan benzin, suyultirilgan va siqilgan gaz, avia va dizel yoqilgʻisida harakatlanuvchi transport vositalariga yoqilgʻi quyish, shuningdek elektromobillarni elektr energiyasi bilan quvvatlantirish xarajatlari;
- korporativ buyurtmachilar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish huquqi berilgan hollarda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) bir moliya yili davomida BHMning 1 000 baravari miqdorigacha amalga oshiriladigan davlat xaridlari.
Yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi bank kartalaridan Oʻzbekiston hududidan tashqarida savdo tusiga ega boʻlmagan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun foydalanish mumkin.
Korporativ kartalardan Oʻzbekistonda ham (soʻmdagi karta), undan tashqarida ham (valyutadagi karta) xizmat safari xarajatlarini toʻlash uchun foydalanishga haqlisiz.
Quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
- korporativ kartaga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, nafaqalar, stipendiyalar va dividendlarni oʻtkazishga;
- korporativ kartadan naqd pul berishga (yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning biznes kartalaridan tashqari – 2025 yil 12 noyabrdan boshlab);
- korporativ karta orqali chet el valyutasini sotib olishga.
Auksion savdolarida ishtirok etish va xaridlarni amalga oshirish uchun korporativ kartalardan foydalanish taqiqlanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar (va 2025 yil 12 noyabrdan boshlab – oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar) milliy valyutadagi bank biznes kartalaridan foydalangan holda Oʻzbekiston hududida ishlab chiqarish faoliyati, savdo, xizmat koʻrsatish, ishlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xarajatlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishga haqli. 2025 yil 12 noyabrdan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning biznes kartalaridan naqd pul olish mumkin
.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning chet el valyutasidagi bank kartalaridan Oʻzbekiston hududidan tashqarida savdo tusiga ega boʻlmagan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun foydalanish mumkin.
.Korxona rahbari shaxsiy avtomobiliga yoqilgʻi quyish uchun benzin sotib oldi, haqini korporativ kartadan toʻladi. Avtomobil korxona balansida hisobga olinmagan.
Soliq oqibatlari yuzaga keladimi?
– Rahbarning qaroriga koʻra benzin qiymati uning ish haqidan ushlab qolinsa, soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.
Agar summa ushlab qolinmasa, shaxsiy avtomobilga quyilgan benzin qiymati – rahbarning moddiy naf tarzidagi daromadi
.
Unga soliq agenti sifatida korxonada JShDS solinadi
, biroq ijtimoiy soliq solinmaydi
. Ushbu xarajat foyda soligʻini hisob-kitob qilishda chegirib tashlanmaydi
.
Xodimlarga korporativ kartani qanday topshirish kerak
Korporativ kartalarni funksional vazifalarini bajarishi uchun zarur boʻlgan xodimlarga bering. Masalan, quyidagilar uchun:
- TMQ xarid qilish – ta’minot yoki logistika xizmati xodimiga;
- reklama yoki marketing tadbirlari haqini, vakillik xarajatlarini toʻlash – marketing yoki savdo xizmati mutaxassisiga;
- YoMM va ta’mirlash ishlari haqini toʻlash – avtotransport haydovchisiga.
Korporativ kartadan foydalanish huquqiga ega boʻlgan hisobdor shaxslar – xodimlar roʻyxatini korxona rahbari buyrugʻi bilan belgilang. Ular bilan toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzing, unga asosan xodimlar kartadan pul mablagʻlarining sarflanishi, shuningdek uning but saqlanishi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
Shuningdek, korporativ kartalarni berish va ulardan foydalanish tartibini ichki hujjat bilan belgilashni tavsiya etamiz.
Masalan, korporativ kartalar bilan ishlash toʻgʻrisidagi nizom koʻrinishida, unda quyidagilarni aks ettiring:
- ularni olish va qoʻllash tartibi;
- kartalar va ulardagi pul mablagʻlari but saqlanishi, shuningdek mablagʻlardan maqsadli foydalanmaslik uchun javobgarlik;
- karta orqali toʻlash mumkin boʻlgan xarajatlar roʻyxati;
- xarajatlarni rahbariyat tomonidan ma’qullash tartibi;
- korporativ karta boʻyicha hisobotlarni taqdim etish tartibi;
- bank kartasi yoʻqotilgan yoki shikastlangan holda amalga oshiriladigan xatti-harakatlar va b.
Korporativ kartalardan foydalanishga ruxsat berilgan xodimlarni ushbu ichki hujjat bilan imzo qoʻydirgan holda tanishtiring, kundalik ishda foydalanishlari uchun hujjat nusxasi bilan ta’minlang.
Korporativ karta boʻyicha qanday hisobot berish kerak
Korporativ karta korxona xodimiga qat’iy belgilangan maqsadlar uchun hisobdorlik asosida beriladi.
Kartani saqlovchi uni hisobdorlik asosida olgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmay sarflangan mablagʻlar toʻgʻrisida hisobotni buxgalteriyaga taqdim etishi, shuningdek tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi shart
:
- toʻlov terminallari kvitansiyalarining asl nusxalari;
- bitim tomonlarini aniqlash imkonini beruvchi elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar;
- invoyslar (hisobvaraq-fakturalar);
- boshqa hujjatlar.
Korporativ karta orqali milliy valyutada haq toʻlanganda NKT yoki virtual kassa chekini rasmiylashtirishda EHFni taqdim etish majburiy emas
.
QQSni hisobga olish uchun ushbu soliqni toʻlovchilar sotib olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha NKT yoki virtual kassa cheklarini soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xaridlar amalga oshirilgan oydan keyingi oyning 10 sanasiga qadar roʻyxatdan oʻtkazadi
.
Hisobotni erkin shaklda tuzish yoki boʻnak hisoboti shaklidan foydalanish mumkin.
Xizmat safarlari bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash uchun korporativ kartadan foydalanganda hisobdor shaxs xizmat safaridan qaytganidan keyin 3 ish kuni mobaynida sarflangan summalar toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda buxgalteriyaga hisobot taqdim etishi shart
.
Xodim korporativ karta boʻyicha xarajatni tasdiqlovchi NKT chekini yoʻqotib qoʻydi.
Bunday holda qanday yoʻl tutish lozim?
– Xodim chekni yoʻqotish sabablari toʻgʻrisidagi tushuntirish xatini hisobotga ilova qilishi kerak.Xarajat summasini korporativ karta hisobvaragʻidan bank koʻchirmasi bilan tasdiqlash mumkin.
Yetkazib beruvchidan NKT chekining dublikatini olish imkoni boʻlmasa, korporativ kartadan foydalangan holda sotib olingan boyliklarni korxona komissiyasi tomonidan tuzilgan xarid dalolatnomasi asosida kirim qilish mumkin.Agar sarflanmagan mablagʻni karta hisobvaragʻidan depozit hisobvaraqqa qaytarmoqchi boʻlsangiz, buni toʻlov topshiriqnomasini rasmiylashtirib amalga oshirishingiz mumkin.
Korporativ karta boʻyicha hisob-kitoblar buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi
21-son BHMS Hisobvaraqlar rejasida korporativ karta boʻyicha hisob-kitoblarni aks ettirish uchun maxsus hisobvaraq yoʻq. Biroq oʻz ishchi Hisobvaraqlar rejasiga alohida hisobvaraqni, masalan, 5540-«Korporativ karta» hisobvaragʻini kiritishingiz mumkin.
Agar sizda bir nechta korporativ karta mavjud boʻlsa, ularning har biri boʻyicha hisob-kitoblarni qulay boʻlishi uchun alohida subschyotda yuritishingiz mumkin.
Bu hisobvaraqlarning debetida pul mablagʻlarining korporativ kartaga oʻtkazilishini, kreditida mablagʻlarning hisobdan chiqarilishini aks ettiring.
Korporativ karta boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmalarini uni hisobdor shaxsga berishda emas, balki sarflangan mablagʻlar toʻgʻrisida hisobot asosida amalga oshiring. Bunda kartaga oʻtkazilgan butun summani emas, faqat kartadan sarflangan mablagʻlar summasida hisobdor shaxsning qarzini aks ettiring.
Buxgalteriya hisobida korporativ karta boʻyicha hisob-kitoblarni quyidagicha aks ettiring:
|
Xoʻjalik operatsiyasi |
Hisobvaraqlar bogʻlanishi |
|
|
debet |
kredit |
|
|
Korporativ kartaga pul mablagʻlarini oʻtkazildi |
5540 |
|
|
Tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun toʻlov toʻlandi |
5540 |
|
|
Hisobdor shaxsdan korporativ karta orqali toʻlangan xarajatlar summasi hisobdan chiqarilishi |
va b. |
|
Tashkilot korporativ kartaga 3 mln soʻm oʻtkazdi va
xoʻjalik ehtiyojlari uchun 800 ming soʻmga inventar sotib oldi.
|
Xoʻjalik operatsiyasi |
Summa, |
Hisobvaraqlar bogʻlanishi |
Tasdiqlovchi hujjatlar |
|
|
debet |
kredit |
|||
|
Korporativ kartaga pul mablagʻlari oʻtkazildi |
3 000 |
5540 |
Toʻlov topshiriqnomasi, bank koʻchirmasi |
|
|
Sotib olingan inventar uchun korporativ kartadan pul toʻlandi |
800 |
5540 |
Onlayn-NKT cheki |
|
|
Korporativ kartadan toʻlangan inventar kirim qilindi |
800 |
Boʻnak hisoboti |
||
Korxona ma’muriyati xodimini xizmat safariga yuborishdi. Korxona korporativ kartadan foydalanib yoʻl chiptalarini xarid qilishga qaror qildi.
Kartaga 500 ming soʻm oʻtkazildi.
yoʻl chiptalari uchun pul toʻlandi – 320 ming soʻm.
|
Xoʻjalik operatsiyasi |
Summa, |
Hisobvaraqlar bogʻlanishi |
Tasdiqlovchi hujjatlar |
|
|
debet |
kredit |
|||
|
Korporativ kartaga pul mablagʻlari oʻtkazildi |
500 |
5540 |
Toʻlov topshiriqnomasi, bank koʻchirmasi |
|
|
Yoʻl chiptalari uchun korporativ kartadan pul toʻlandi |
320 |
5540 |
Terminal cheki, yoʻl chiptasi |
|
|
Hisobdor shaxsdan yoʻlkira boʻyicha xizmat safari xarajati hisobdan chiqarildi |
320 |
Boʻnak hisoboti |
||
Korxona 30 oktyabr kuni AYoQShda xizmat avtomobiliga benzin quydirib, xarid haqini korporativ karta orqali toʻladi. Bu kun juma – oyning soʻnggi ish kuni boʻlgani sababli, bank operatsiyani faqat dushanba kuni, 2 noyabrda amalga oshirdi. Natijada, oktyabr oyi oxiriga kelib xarid summasi «osilib» qoldi.
Ushbu operatsiyani buxgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerak?
– Xarid amalga oshirilgan paytda bank karta hisobvaragʻidan pulni hisobdan chiqarmaydi, balki faqat blokirovka qilib qoʻyadi (avtorizatsiya). Oktyabr oyi uchun koʻchirmada ushbu summa blokirovka qilingan sifatida aks etgan, biroq u hisobvaraqdagi qoldiqni kamaytirmaydi. Haqiqatda hisobdan chiqarish bank tomonidan operatsiyaga ishlov berilganidan keyin, ushbu holatda 2 noyabrda amalga oshiriladi.
Shu sababli operatsiyani buxgalteriya hisobida ikki davrda aks ettiring:
1) oktyabr oyida – benzinni olish. Uni karta saqlovchisining hisoboti va AYoQShning NKT cheki asosida quyidagi oʻtkazma bilan kirim qiling: debet 1030 – kredit 4230. Agar siz QQS toʻlovchisi boʻlsangiz va chekni soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida roʻyxatdan oʻtkazgan boʻlsangiz, QQS summasini quyidagi oʻtkazma bilan aks ettiring: debet 4410 – kredit 4230. Sarflangan benzinni yoʻl varaqalariga asosan xarajatlarga hisobdan chiqaring;
2) noyabr oyida – korporativ kartadan pulni hisobdan chiqarish. 2 noyabr kuni uchun bank koʻchirmasi asosida quyidagi oʻtkazmani amalga oshiring: debet 4230 – kredit 5540.
31 oktyabr holatiga 5540-hisobvaraq boʻyicha qoldiq bank koʻchirmasi boʻyicha qoldiqqa mos kelishi kerak, shu bois oktyabr oyida kartadan mablagʻlar hisobdan chiqarilishini aks ettirmang.
Oktyabr oyi oxirida 4230-hisobvaraq boʻyicha xarid summasida hosil boʻlgan kredit saldosi 2 noyabrda yopiladi.
Buxgalter.uz yangiliklarini birinchi boʻlib olish uchun Telegram-kanalga obuna boʻling
- Xorijiy valyutadagi korporativ kartadan qanday foydalanish mumkin
- Korporativ kartadan xodimning shaxsiy xarajatlari buxgalteriya va soliq hisobida qanday aks ettiriladi
- Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar qanday hisobga olinadi
- YoMM kelib tushishini qanday hisobga olish kerak
- Avtotransport vositalari boʻyicha hisobga qabul qilingan QQS summasini bekor qilish toʻgʻrisida soliq organiga qanday javob berish kerak

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter