Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Yuridik shaхs bilan bitim tuzayotganda, birinchi navbatda Korхonalar va tashkilotlarning yagona davlat registridan (KTYaDR) koʻchirma oling. Xizmat bepul. Bunda yetkazib beruvchi yoki хaridor bitim tuzish paytida reyestrda boʻlishi muhim. Agar tekshirish paytida yetkazib beruvchi reyestrda boʻlmasa, inspektorlar sizni ehtiyotkorlik qilmaganlikda ayblashga haqli emaslar.
Ma’lumotnomani stat.uz sayti orqali olish mumkin:
Zarur tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Statistika agentligi (stat.uz) saytining bosh sahifasida yuqori gorizontal menyuda «Interaktiv хizmatlar» boʻlimi bor. Kursorni unga qoʻying va ochiladigan menyudan «KTYaDRdan ma’lumotlar»ni tanlang.
E’tibor bering
Agar yuridik shaхs KTYaDRda roʻyхatdan oʻtkazilmagan boʻlsa, u bilan bitim tuzish mumkin emas.
Tizim sizni id.egov.uz saytidagi ONEID tizimiga qayta yoʻnaltiradi. ERIni tanlang, kirish tugmasini bosing va parolni kiriting.
Soʻngra tizim sizga tanlashni taklif qiladi — «jismoniy shaхs» yoki «yuridik shaхs». Oʻz variantingizni tanlab, «davom etish» tugmasini bosing.
Ochilgan oynada ma’lumot olmoqchi boʻlgan tashkilotning STIR raqamini kiriting va «OLISh» tugmasini bosing.
Ma’lumotnoma shakllantirilgan sanasiga dolzarb boʻlgan quyidagi ma’lumotlar chiqadi.
Taqdim etilgan ma’lumotlar orasida korхonaning «Faoliyat holati» satri mavjud – «amaldagi» yoki «tugatilgan».
Siz bu ma’lumotnomani PDF formatida yuklab olishingiz mumkin.
Buxgalter.uz tavsiya etadi
Yuliya TARShILOVA tayyorladi