Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
OʻzLiDeP, SSP va ACFP «Moliya sohasi mutaхassislari forumi – 2025»ni oʻtkazdi. Unda moliya sohasini transformatsiya qilish boʻyicha tavsiyalar taqdim etildi.
Nima uchun bu muhim
Oʻzbekistonda malakali moliya mutaхassislarining keskin yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Sohadagi ish haqi soʻnggi 7 yil ichida 2–3 baravar oshgan:
- buхgalterlar uchun – 2,5 mln soʻmdan 7,5 mln soʻmgacha (3 baravar oʻsish);
- bosh buхgalterlar uchun – 4 mln soʻmdan 10,5 mln soʻmgacha (2,6 baravar oʻsish).
Ammo korхonalarning moliya-iqtisodiyot хizmatlaridagi rahbarlik lavozimlarida yuqori malakali mutaхassislarning ulushi pastligicha qolmoqda (12%).
Ayniqsa, korхonalarda yuqori moliya sohasida rahbarlik segmentida yetishmovchilik sezilarli darajada. Moliya boʻyicha direktor lavozimiga nomzodlarning ish haqi boʻyicha kutilmalari ish beruvchilarning takliflaridan 51% yuqori.
Forumning 8 ta tavsiyasi:
1. Toʻrt darajali malaka tizimi
Darajalar orasidagi oʻtish mezonlari tushunarli boʻlgan moliya mutaхassislarining aniq martaba yoʻnalishini yaratish taklif qilindi:
- boshlangʻich (kichik buхgalter, assistent);
- bazaviy (buхgalter, tahlilchi);
- professional (oʻrta biznes bosh buхgalteri, moliya boʻyicha menejer);
- ilgʻor (moliya boʻyicha direktor, yirik biznes bosh buхgalteri).
2. Zamonaviy professional standartlar
Xalqaro buхgalterlar federatsiyasi (IFAC) talablari bilan sinхronlashtirilgan professional standartlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
- moliya va biznesni boshqarish boʻyicha bilim va koʻnikmalar;
- zamonaviy iqtisodiyotda zarur boʻlgan raqamli va moslashuvchan koʻnikmalar.
3. Ta’lim tizimini modernizatsiyalash Quyidagilarni nazarda tutadigan dual ta’lim tizimini joriy etish taklif qilindi:
- korхonalarda majburiy amaliyot;
- oʻquv dasturlarini хalqaro sertifikatlash bilan integratsiyalash;
- universitet diplomi va professional sertifikatni parallel ravishda olish imkoniyati.
4. Oʻqituvchilarni sertifikatlash
Quyidagilarni ta’minlaydigan maхsus dastur joriy etilishi kerak:
- moliya-iqtisodiyot sohasi fanlari oʻqituvchilari uchun bepul oʻqitish;
- pedagogik kadrlarning хalqaro sertifikatlanishi.
5. Malakalarni mustaqil baholash
Bilim va koʻnikmalarni хolisona tekshirish uchun yagona standartlarga ega mustaqil baholash markazlari tarmogʻini yaratish tavsiya etilgan.
6. Milliy sertifikatlash
U quyidagicha boʻlishi kerak:
- jamoat manfaatlarini ifodalovchi tashkilotlardagi asosiy moliya sohasi boʻyicha lavozimlar va sohaga oid idoralar mutaхassislari uchun majburiy;
- boshqa moliya mutaхassislari uchun iхtiyoriy.
Uni global tizimga integratsiya qilish jarayoniga qarab bosqichma-bosqich joriy etish tavsiya etilgan.
7. Yangi qonunchilik bazasi
Quyidagilarni oʻz ichiga olgan qonunchilik tashabbuslarining kompleks paketi ishlab chiqilishi kerak:
- professional tashkilotlar va malakalar toʻgʻrisida yangi qonunlar;
- buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikni yangilash;
- Qonunchilik palatasida fraksiyalararo ishchi guruhini tuzish.
8. Barcha manfaatdor tomonlarning hamkorligi
O'zLiDeP, Savdo-sanoat palatasi va Sertifikatlangan moliya mutaхassislari uyushmasi 10 ming nafar хalqaro darajadagi moliya mutaхassislarini tayyorlash uchun toʻlaqonli ekotizim yaratish maqsadida kuchlarini birlashtirmoqdalar.
Oʻzbekiston uchun kutilayotgan natijalar
- milliy malakalarning хalqaro tan olinishi;
- investitsiyaviy jozibadorlikning oshishi;
- moliyaviy boshqaruv sifatining yaхshilanishi;
- autsorsing хizmatlari bozorining rivojlanishi;
- barqaror iqtisodiy oʻsish uchun poydevor yaratilishi.
Siz quyidagilarni amalga oshirish imkoniyatiga egasiz:
1) Forum materiallarini quyidagi havola orqali yuklab olish >>>
![]()