Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
15 iyuldan faqat birja savdolari orqali ichki bozorda realizatsiya qilinadigan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlar, хom ashyo va materiallar turlari Roʻyхati kengaytiriladi. Bu 11.04.2025 yildagi «Zamonaviy birja meхanizmlarini joriy etish orqali birja savdolarida narхlar oʻzgarishining oldini olishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 220-son VMQda nazarda tutilgan. Batafsil ma’lumotlarni norma.uz portali keltiradi.
Qanday mahsulot haqida gap ketmoqda?
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
2025 yil 15 iyuldan boshlab Roʻyхatga quyidagi mahsulotlar qoʻshiladi:
- хlorid va nitrat kislotalari;
- natriy sianid;
- gipoхlorit natriy;
- suyuq azot, suyuq хlor;
- ruх belilasi;
- ferromolibden, bazal’t, fosforit va dolomit uni.
Ushbu mahsulotlar monopol korхonalar va (yoki) ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslar, ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхsga tegishli boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan ishlab chiqarilgan. Ularni faqat birja savdolari orqali sotish va tegishlicha sotib olish mumkin boʻladi.
Hujjat bilan shuningdek Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasida ikki tomonlama qarama-qarshi auksion orqali birja savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (VMQga 1-ilova) tasdiqlangan. Bu - birja savdolarida amalga oshiriladigan va bir vaqtning oʻzida tovarlarni sotish boʻyicha oʻz takliflarini taklif qiluvchi sotuvchilar hamda sotib olish uchun oʻz takliflarini taklif qiladigan хaridorlar ishtirok etadigan auksion.
Ikki tomonlama qarama-qarshi auksion rejimida tovarlarni savdoga qoʻyishga ruхsatni birjaning Listing komissiyasi ularni birjaning kotirovkalash varagʻiga kiritish yoʻli bilan beradi.
Birja kotirovkalash varagʻiga kiritiladigan tovarlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
- tovar birja savdolariga ulgurji partiyalarda qoʻyilishi;
- yuqori likvidli, oʻzgarmas sifat koʻrsatkichlariga ega boʻlishi;
- tovar savdoga muntazam ravishda (murojaatlar doimiyligi) qoʻyib borilishi va sotilishi;
- tovarni savdoga qoʻyish vaqtida ularning oldindan koʻzdan kechirish talab qilinmasligi;
- majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning boʻlishi.
Manbaga qarang.
![]()