Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
16.06.2025 yildagi OʻRQ-1069-son Qonun bilan Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Ular soliq qarzdorligini hisobga olish va penya hisoblash, «umidsiz qarzdorlik» va «huquqiy ta’sir choralari» tushunchalarini belgilash masalalariga tegishli.
Tafsilotlar – buxgalter.uz saytida:
Muhim yangiliklarni qoldirib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.
Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra:
- SK 16-moddasiga – ijro ishini yuritish tartibida qoʻllaniladigan huquqiy ta’sir choralariga soliqlar va yigʻimlar kirmaydi;
- SK 55-moddasiga – soliq qarzdorligining hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Majburiyatlar reyestri ma’lumotlarini vaqtincha saqlash yagona elektron bazasiga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha alohida yuritiladi;
- SK 60-moddasiga – umidsiz qarz sifatida majburiyatlar reyestriga kiritilgan sanadan boshlab 10 yil davomida toʻlanmagan qarzdorlik ham tan olinadi (sud qarori bilan majburiyatni bekor qilish, qarzdorni bankrot deb topish, tugatish, qarzdorning vafot etishi yoki da’vo muddatining tugashidan tashqari);
- SK 110-moddasiga – Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha soliqlar va yigʻimlar qarzdorligiga mazkur ijro hujjatlari Reyestrga kiritilgan kundan e’tiboran penya hisoblanmaydi.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi:
![]()