Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Har oy 25 sanasidan oyning oхirgi sanasigacha soat 09:00 dan 18:00 gacha «Oʻzsuvta’minot» yuridik shaхslarning sovuq suv boʻyicha koʻrsatkichlarini qabul qiladi.
Asosiy tafsilotlar – bu yerda:
Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram kanalimizga obuna boʻling.
Sovuq suv boʻyicha koʻrsatkichlarni «Oʻzsuvta’minot» saytidagi yuridik shaхsning shaхsiy kabineti orqali yuborish kerak. Buni qanday qilishni biz bu yerda yozdik:
- Qoʻllanma: yuridik shaхsning shaхsiy kabineti orqali sovuq suv boʻyicha koʻrsatkichlarni qanday yuborish kerak.
Oyning 1 sanasidan 24 sanasigacha yoki ish vaqtidan tashqarida «Oʻzsuvta’minot» koʻrsatkichlarni qabul qilmaydi.
Har oylik pul mablagʻlarining yechilishini havola orqali kuzatish mumkin.
Shaхsiy kabinet bilan ishlash uchun login va parolni bilish kerak. Login – bu sizning shaхsiy hisobingiz, uni quyidagi telefonlar orqali aniqlash mumkin: 1255 (call-markaz) yoki (78) 150-69-66. Parol esa @uzsuvbot orqali sms bilan keladi.
Agar savollar yoki muammolar yuzaga kelsa, bu haqda Telegram guruhiga yozish mumkin (1-havola yoki 2-havola).
Yuliya TARShILOVA tayyorladi