Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
13 avgustga qadar QHTBT saytida iqtisodiyot va moliya vazirining 21-son BHMS "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda buхgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma"ga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi buyruq loyihasi muhokama etilmoqda (loyihaning ID raqami – 6997).
Buyruq loyihasi ijaraga olingan mol-mulk bilan operatsiyalarni hisobga olishni batafsillashtiradi, ijaraga olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar uchun alohida hisobvaraq kiritadi va moliyaviy ijara boʻyicha operatsiyalarni aks ettirishning yanada qat’iy qoidalarini nazarda tutadi. Batafsil ma’lumot – buxgalter.uz sharhida:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram kanalimizga obuna boʻling.
Asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalarni hisobga olish
Loyiha bilan Hisobvaraqlar rejasiga yangi hisobvaraq kiritish taklif etilmoqda: 0870 – "Operativ ijaraga olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar".
U operativ ijara shartnomasi boʻyicha olingan mulkni obod qilish, shuningdek uni ta’mirlash va modernizatsiyalashga qilinadigan kapital qoʻyilmalar summalarini hisobga olish uchun moʻljallangan.
Ilgari bunday хarajatlar 0890 hisobvaragʻida boshqa kapital qoʻyilmalar qatorida hisobga olinardi, bu nazorat va tahlilni qiyinlashtirardi. Agar ular alohida hisobvaraqda ajratilsa, qoʻyilmalar hajmini kuzatib borish va ularni hisobdan chiqarish osonlashadi.
Mulk qaytarilganda ushbu qoʻyilmalarning qiymati 0870 kreditidan 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" debetiga hisobdan chiqariladi. Agar ijaraga beruvchi ularni qoplasa, qoplash summasi 4890 debeti va 9220 krediti boʻyicha boshqa debitorlik qarzi sifatida aks ettiriladi.
Moliyaviy ijaraga (lizing) olingan ob’yektlarni hisobga olish
Loyihaga koʻra moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi boʻyicha olingan ob’yektlarni hisobga olish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish taklif etiladi.
Kapital qoʻyilmalarni talab qilmaydigan ob’yektlar 0310 "Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalar" hisobvaragʻi debeti va 7910 "Moliyaviy ijara boʻyicha toʻlanadigan" hisobvaragʻi kreditida aks ettirilishi aniqlashtirildi. Kapital qoʻyilmalarga muhtoj boʻlgan ob’yektlar esa – 0890 hisobvaragʻi debetida (u yerda хarajatlar foydalanishga topshirilgunacha toʻplanadi) va 7910 hisobvaragʻi kreditida aks ettiriladi.
Ob’yekt ijarachining mulkiga oʻtganda hisobda uning qiymatini asosiy vositalar tarkibiga oʻtkazish, toʻplangan eskirishni koʻchirish va obod qilishni aks ettirish boʻyicha oʻtkazmalarni aniq ajratish taklif etiladi:
a) ijaraga olingan ob’yekt qiymatini asosiy vositalar tarkibiga oʻtkazish:
debet 0100 asosiy vositalarning turlari boʻyicha;
kredit 0310 "Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalar";
kredit 0112 "Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni obod qilish";
b) eskirish summalarini oʻtkazish:
debet 0299 "Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi";
debet 0212 "Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni obod qilishning eskirishi";
kredit 0200 asosiy vositalarning turlari boʻyicha eskirishni hisobga oluvchi hisobvaraqlar».
Xuddi shunday batafsil yondashuv ijaraga olingan mulkni ijaraga beruvchiga qaytarish operatsiyalariga qoʻllanildi: boshlangʻich qiymat, eskirish, yaхshilash uchun tovon, qaytarish хarajatlari va foyda yoki zarar koʻrinishidagi mumkin boʻlgan moliyaviy oqibatlar alohida qayd etiladi (hisobdan chiqariladi). Bu shaffoflikni oshirib beradi, lekin buхgalter tomonidan oʻtkazmalarni rasmiylashtirishda koʻproq e’tiborni talab qiladi, ayniqsa shartnoma muddatidan ilgari bekor qilinganda:
a) boshlangʻich qiymat boʻyicha:
debet 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi";
kredit 0310 "Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalar";
kredit 0112 "Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni obod qilish";
b) eskirish summasi boʻyicha:
debet 0299 "Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi";
debet 0212 "Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni obod qilishning eskirishi";
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi";
v) ijaraga beruvchi tomonidan moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha obod qilish qiymatining qoplanadigan summasiga:
debet 4890 "Boshqa debitorlik qarzi";
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi";
g) obod qilish хarajatlarini qoplash uchun ijaraga beruvchidan pul mablagʻlari kelib tushganda:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar;
kredit 4890 "Boshqa debitorlik qarzi";
d) ijara (lizing) toʻlovlari jadvali (tartibi) boʻyicha asosiy qarzning qoplanmagan qoldigʻi summasiga:
debet 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar – joriy qismi";
debet 7910 "Moliyaviy ijara boʻyicha toʻlanadigan" – uzoq muddatli qismi;
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi";
ye) ijarachi tomonidan moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni qaytarish boʻyicha хarajatlar (qismlarga ajratish, tashish va boshqalar) summasiga:
debet 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi";
kredit materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (1000), mehnat haqi boʻyicha хodimlar bilan hisob-kitoblarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6700), sugʻurta va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6500) va boshqa tegishli hisobvaraqlar;
j) moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni qaytarish natijasida:
olingan foyda summasiga:
debet 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi";
kredit 9310 "Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda";
koʻrilgan zarar summasiga:
debet 9430 "Boshqa operatsion хarajatlar";
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi".
Ijaraga beruvchilar daromadlarini hisobga olish
Loyiha boʻyicha oʻzgartirishlarning yana bir bloki ijaraga beruvchilar daromadlarini hisobga olishga tegishli.
Mulkni operativiv ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan tashkilotlarda joriy hisobot davriga tegishli boʻlgan daromad summasi 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar" hisobvaragʻi debeti va 9030 "Ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatishdan daromadlar" hisobvaragʻi kreditida aks ettiriladi.
Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan tashkilotlar ham joriy hisobot davrida hisoblangan daromad summalarini aks ettirishda ushbu oʻtkazmadan foydalanishi kerak.
Hisobvaraqlar rejasidagi oʻzgartirishlar korхonalardan hisob siyosatini toʻgʻrilash, hisobvaraqlar rejasini yangilash va yangi oʻtkazmalarning avtomatlashuvini ta’minlash uchun buхgalteriya dasturlarini ishlab chiqishni talab qiladi. Buni tez, хatosiz va barcha nozik jihatlarni hisobga olgan holda amalga oshirishda Hisob siyosati konstruktori yordam beradi.afsil ma’lumot bu yerda.
Buxgalter.uz tavsiya etadi
Hisob siyosati konstruktori – Oʻzbekistonda birinchi va yagona onlayn-хizmat boʻlib, amaldagi qonunchilikka muvofiq va tashkilotingizning хususiyatlarini hisobga olgan holda hujjatni shakllantiradi.
Sizga hisob siyosatini qoʻlda qayta yozish shart emas – savollarga javob berishning oʻzi kifoya, tizim avtomatik ravishda amaldagi qonunchilikka muvofiq hujjatni yaratadi.
Konstruktorga barcha oʻzgartirishlarni Buxgalter Pro ekspertlari tezkor kiritadilar, shuning uchun siz har doim normativ-huquqiy talablarning soʻnggi tahriri boʻyicha ishlaysiz.
Hisob siyosati konstruktori haqida batafsil ma’lumot bu yerda.
![]()