"Asl Belgisi"dan tadbirkorlar uchun eslatma

preview

"Asl Belgisi" matbuot xizmati tadbirkorlar uchun eslatma e’lon qildi. Ma’lumotlar bilan oʻrtoqlashamiz:

 

  • Kodlar narxi: ishlab chiqaruvchilar yoki import qiluvchilar “Asl Belgisi” operatoriga faqat markirovka kodlari haqini toʻlaydilar. Bir markirovka kodi 76 soʻm 16 tiyin (QQS bilan) turadi. Toʻlov esa mahsulotga kod qoʻllanilgandan keyin qilinadi. Agregatsiya kodlari bepul taqdim etiladi.

Agregatsiya qanday amalga oshiriladi, bu haqda Buxgalter PRO tavsiyalarida oʻqing> > >

 

  • Kodlarni chop etish/qoʻllash xizmatlari va uskunalari tovar aylanmasi ishtirokchisi hamkorlik qiladigan xizmat koʻrsatuvchi provayderlar yoki integratorlar tomonidan taqdim etiladi. Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar hamkorlik qilish uchun kompaniyani oʻzlari tanlaydilar va shartnoma boʻyicha xizmat haqini toʻlaydilar.

 

  • MAIni roʻyxatdan oʻtkazishda hamrohlik qilish (jumladan, ulgurji-chakana segment) va raqamli markirovka tizimi operatorining qoʻllab-quvvatlash xizmati bilan barcha maslahatlar bepul.

 

  • Kodlarni buyurtma qilish uchun 3 ta shart mavjud:

1. OOO CRPT-TURON MChJ markirovkalash operatori bilan shartnoma tuzish.

2. Shaxsiy hisobni toʻldirish.

3. Tovar kartochkasini "Asl Belgisi" MAT Milliy katalogida roʻyxatdan oʻtkazing.

 

  • Buyurtma hajmi: 

Bir vaqtning oʻzida har bir pozitsiya uchun 150 000 koddan 10 tagacha tovar pozitsiyasiga (bir guruhdan) buyurtma berish mumkin.

 

Sizga yordam berish uchun tavsiyamiz bor!

Markirovkalanadigan tovarlar reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish, markirovkalash va agregatsiyalash, raqamli markirovkalash qoidalarining turli xil buzilishlari hamda majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun nazorat sanalari toʻgʻrisida bu yerda oʻqing:

Manbaga qarang. 

Tovar va xizmatlar kodlari Oʻzbekistonda: tasniflash, kod berish, EHF tovar kodlari, xizmatlar kodlari, TN VED, ESF kodlash, kod tanlash, nomenklatura Tovar va xizmatlar kodlari: qanday tartibda belgilanadi, qanday kod tanlanadi, ESFda qanday aks ettiriladi va xatolar qanday tuzatiladi. Kodlash tartibi, nomenklatura, normativ hujjatlar va amaliy tavsiyalar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text210005_asl_belgisidan_tadbirkorlar_uchun_eslatma