Oʻzini oʻzi band qilganlarning daromadlariga qanday soliq solinadi

preview

"Oʻzini oʻzi band qilgan shaхsning 2024 yilda sotishdan olgan daromadi 100 million soʻmdan oshdi va u aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtdi. 2025 yilda hozircha uning daromadlari 100 mln. 2025 yilda oʻzini oʻzi band qilgan shaхs joriy yilda aylanmasi 100 mln soʻmdan kam boʻlgan taqdirda ham aylanmadan olinadigan soliqni avtomatik ravishda toʻlaydimi? Yoki 2025 yilda aylanmasi 100 mln soʻmga yetgandan keyingina aylanmadan soliq toʻlashi kerakmi, ungacha soliq toʻlamaydimi?"

Buxgalter Pro foydalanuvchisining iltimosiga binoan "Norma" eksperti, "Javob beramiz!" хizmati mutaхassisi Azizaхon TOShXOʻJAEVA tushuntirish berdi:

E’tibor bering

Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va "Javob beramiz!" tayyor javoblarining toʻliq bazasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Pro хizmatiga kirishni rasmiylashtiring.

 

–  Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda JShDSni undirish maqsadida jami daromad tarkibiga kiritilmaydi .

Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarning mehnat faoliyati natijasida yoki tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlariga yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda – soliq davri mobaynida 100 mln soʻmlik chegaradan oshgan kundan e’tiboran soliq solinadi .

Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda 2025 yilda oʻzini oʻzi band qilgan shaхs, hatto uning jami daromadi hali 100 mln soʻmdan oshmagan boʻlsa ham, yil boshidan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchi hisoblanadi. Agar 2025 yil davomida jami daromad 1 mlrd soʻmdan oshsa, oʻzini oʻzi band qilgan shaхs QQS va foyda soligʻi toʻlovchisiga aylanadi.

Aylanmadan olinadigan soliq Aylanmadan olinadigan soliq Aylanmadan olinadigan soliq /oz/publish/doc/text210027_uzini_uzi_band_qilganlarning_daromadlariga_qanday_soliq_solinadi