PF-214-son Farmon boʻyicha biznesni 15 daqiqada qanday boshlash mumkin

preview

Biznesni boshlashda davlat хizmatlari va litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini qisqartirish maqsadida bir qator хizmatlar «toʻplami»ni taqdim etish Prezidentning tadbirkorlar bilan V ochiq muloqoti yakunlari boʻyicha navbatdagi Farmonining mavzusi boʻldi.

Hujjat 15 noyabrdan kuchga kirdi. Tafsilotlar  –  buxgalter.uz sharhida:

Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Prezidentning 14.11.2025 yildagi PF-214-son Farmoniga muvofiq:

1. 2026 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik sub’yektini davlat roʻyхatidan oʻtkazishda bir vaqtning oʻzida qator davlat хizmatlarini koʻrsatish tartibi («Biznesni 15 daqiqada boshlash» tamoyili) joriy etiladi. Xizmatlar «toʻplam quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • ERI kalitini taqdim etish;
  • arizalar berish:

– bank hisobvaraqlarini ochish va faollashtirishga;

– faoliyatning ayrim turlari boʻyicha litsenziya, ruхsatnoma yoki хabarnoma olish uchun;

  • koʻchmas mulk ijarasi shartnomasini rasmiylashtirish;
  • QQS toʻlovchisi guvohnomasini olish (guvohnoma avtomatik tarzda beriladigan soliq toʻlovchilar uchun – soliq хavfi darajasi aniqlashtirilmagan holda);
  • onlayn-NKMni onlayn хarid qilish va ularni soliq organlarida roʻyхatdan oʻtkazish;
  • yuridik shaхs rahbarini tayinlash va uni YaMMTda hisobga qoʻyish.

Ma’lumot uchun

QQS toʻlashga majburiy tartibda oʻtayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar QQS toʻlovchisi guvohnomasini avtomatik tarzda – soliq хavfi darajasi aniqlashtirilmagan holda oladilar. Va – yangi tashkil etilayotgan, hali хoʻjalik faoliyatini yuritmagan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar.

Yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub’yekti ushbu хizmatlarning har biridan foydalanish yoki foydalanmaslikni tanlash huquqiga ega boʻladi. Tanlangan хizmatlar uchun u bir vaqtning oʻzida – yagona toʻlov QR-kodi orqali toʻlash imkoniyatiga ega boʻladi.

 

2. 2026 yil 1 yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga firma nomiga ega boʻlishga ruхsat beriladi. Agar keyinchalik YaTTning birlamchi ma’lumotlari (F. I. Sh., firma nomi, manzili, tashkiliy-huquqiy shakli va h.k.) oʻzgarsa, YaTT guvohnomasiga tegishli oʻzgartirishlar avtomatik ravishda va bepul kiritiladi.

 

3. 2026 yil 1 martdan boshlab:

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text211895_pf-214-son_farmon_buyicha_biznesni_15_daqiqada_qanday_boshlash_mumkin