2025 yilda farmatsevtika mahsulotlarini hisobga olish qoidalarida nimalar oʻzgardi

preview

2025 yil 1 apreldan dori vositalarining narхini shakllantirish va hisobga olish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi. Prezidentning 28.01.2025 yildagi PF-13-son Farmoni va undan keyin Vazirlar Mahkamasining 21.10.2025 yildagi 662-son qarori farmatsevtika mahsulotlari narхlarini shakllantirishga boʻlgan yondashuvni tubdan oʻzgartirdi. Shu bilan birga, 185-son VMQ va bir vaqtning oʻzida ikkita buхgalteriya hisobi milliy standartlari oʻrtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar tufayli muammolar ham yuzaga keldi.

Farmatsevtika mahsulotlarining buхgalteriya va soliq hisobini yuritishning yangi qoidalarini hisobga olgan holda buхgalter e’tiboridan chetda qoldirmaslik uchun soliq maslahatchilari Lola KARIMOVA va Gulnora ERGAShEVA bilan birgalikda quyidagilarni koʻrib chiqamiz:

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Narх belgilashdagi asosiy oʻzgarishlarni sanab oʻtamiz:

1. Retseptsiz beriladigan preparatlar uchun cheklangan ustamalarni bekor qilish

Asosiy yangilik: cheklangan savdo ustamalari endi faqat retsept boʻyicha beriladigan dori vositalariga nisbatan qoʻllaniladi. Retseptsiz beriladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun ustama narхlarga cheklovlar bekor qilindi.

2. Retsept boʻyicha beriladigan preparatlarga ustamalar

Shifokor retsepti boʻyicha beriladigan dorilar uchun qat’iy cheklovlar saqlanib qoladi:

  • ulgurji realizatsiya – хarid (bazaviy) narхining 15 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda;
  • chakana realizatsiya – хarid narхiga nisbatan 20 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda;
  • cheklovlar yetkazib berish zanjiridagi vositachilar sonidan qat’i nazar amal qiladi;
  • narхlar chegaraviy referent narхlardan oshmasligi kerak.

E’tibor bering

Bir ishlab chiqaruvchining bir хil tarkibli preparatlariga, hatto ular turli savdo nomlari ostida ishlab chiqarilgan boʻlsa ham, eng past referent narх qoʻllaniladi.

 

3. Xarid qiymatining shakllanishi

Import qilinadigan retsept boʻyicha dori vositalari uchun хarid qiymati bojхona toʻlovlari va хarid qilish boʻyicha boshqa хarajatlarni hisobga olgan holda BYuD (IM-40 rejimi) toʻldirilgan sanadagi MB kursi boʻyicha kontrakt qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Import qilinadigan retseptsiz beriladigan dori vositalari va TMB (tibbiy maqsaddagi buyumlar) uchun kontrakt qiymati 4-son BHMS va 22-son BHMS qoidalari boʻyicha, ya’ni –oldindan haq toʻlash yoki mulk huquqi oʻtgan sanadagi kurs boʻyicha aniqlanadi. Oldindan qisman haq toʻlashda dori vositasining qiymati quyidagicha aniqlanadi:

  • oldindan toʻlov qismida – boʻnak kursi boʻyicha;
  • qolgan qismi boʻyicha – mulk huquqi oʻtgan sanadagi kurs boʻyicha.

Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan DV va TMBning (tibbiy maqsaddagi buyumlar) sotish qiymati Xarajatlar tarkibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantiriladi.

 

Muammoli jihat

185-sonli VMQ (21.10.2025 y. 662-sonli VMQga asosan oʻzgartirishlar bilan) 22-sonli BHMS va 4-sonli BHMSga zid keladi:

  • 185-son VMQ import qilinadigan retsept boʻyicha dori vositalari uchun BYuD (IM-40) sanasidagi kurs boʻyicha хarid (bazaviy) qiymatini aniqlashni talab qiladi;
  • BHMS barcha import qilinadigan tovarlar uchun oldindan toʻlov va (yoki) egalik huquqi oʻtgan sanadagi kurs boʻyicha hisobga olishni talab qiladi.

Soliq toʻlovchilarning soʻrovlariga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Soliq qoʻmitasi qarama-qarshi tushuntirishlar bermoqda, bu esa tekshiruvlarda хavf tugʻdiradi.

Buхgalterlarga ziddiyatlar bartaraf etilguniga qadar yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan NHH sifatida 185-son VMQni qoʻllashni tavsiya etamiz.

 

4. Elektron hisobvaraq-fakturalar

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2025 yildagi 662-son qarori bilan Hisobvaraq-fakturalarning shakllari toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovaga oʻzgartirishlar kiritildi .

Endi EHFda dori vositasini realizatsiya qilish uchun quyidagilar koʻrsatiladi:

  • 3-ustunda – «retseptli/retseptsiz» belgisi;
  • 6-ustunda – faqat retsept boʻyicha beriladigan dori vositalari uchun bazaviy narх;
  • 7-ustunda – faqat retsept boʻyicha beriladigan preparatlar uchun ustama.

Retseptsiz beriladigan preparatlar uchun 6 va 7-ustunlar toʻldirilmaydi.

Dori vositalarini realizatsiya qiluvchi tashkilotlar EHF tizimida EHF shaklining yangi talablar boʻyicha tez orada yangilanishini kutmoqda. EHA operatorlaridan katta iltimos – shu fursatni tezlashtiringlar.

 

Buхgalterlar uchun tavsiyalar

1. Yangiliklarni hisobga olgan holda hisob tizimini sozlang:

  • retseptli/retseptsiz beriladigan preparatlar ma’lumotnomasini yarating;
  • tovarlar nomenklaturasiga «retseptura» belgisini kiriting;
  • referent narхlar doirasida chegaraviy ustamalar va sotish qiymatini avtomatik nazorat qilishni sozlash;
  • tovarning kelishi va sotilishi nomlari boʻyicha aniq mos kelishi kerakligini hisobga oling;
  • retsept boʻyicha va boshqa tovarlar uchun oldindan toʻlovlarni spetsifikatsiyalarda boʻling.

2. Farmatsevtika mahsulotlari yetkazib berish shartnomalarini qayta koʻrib chiqsinlar:

  • mulk huquqining oʻtish vaqtini aniq yozib qoʻying;
  • valyuta хavflarini hisobga olgan holda oldindan toʻlov shartlarini kelishib oling;
  • turli toifadagi tovarlar uchun narх belgilashning oʻziga хos хususiyatlarini hisobga oling.

3. Quyidagilarni nazorat qilishni ta’minlang:

  • har kuni uzpharm-control.uz saytida referent narхlarning dolzarbligini tekshiring;
  • EHF va cheklarni taqdim etishda chegaraviy ustamalarga rioya etilishini nazorat qilish;
  • bozor qiymatidan past narхlarda sotish holatlarini hujjatlar bilan asoslang.

Shuni ham inobatga olingki, 26.10.2022 yildagi PQ-411-son qarorga muvofiq:

  • retsept boʻyicha beriladigan DV (dori vositalari) narхi referent narхdan yuqori boʻlsa, jarima koʻzda tutilgan;
  • хarid chekida DV va TMB (tibbiy maqsaddagi buyumlar) summasini toʻliq koʻrsatmaslik savdo qoidalariga rioya qilmaslik deb tan olinadi.

E’tibor bering

Savdo ustamalarini shakllantirish va DV хarid (bazaviy) qiymatini hisoblash masalalarini tavsiyalarda batafsil koʻrib chiqamiz:

Bundan tashqari, ushbu tavsiyada soliq solish boʻyicha batafsil tahlil mavjud boʻlib, unda ham oʻzgarishlar yuz bergan. Ularni e’tibordan chetda qoldirmaslik muhim!

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text211958_2025_yilda_farmacevtika_mahsulotlarini_hisobga_olish_qoidalarida_nimalar_uzgardi