Soliq qoʻmitasiga yangi rais tayinlandi

preview

Farrux Jahongirovich Poʻlatov Soliq qoʻmitasi raisi etib tayinlandi, deya xabar berdi Prezident matbuot kotibi oʻzining rasmiy kanalida.

Tayinlovga qadar Farrux Poʻlatov Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Sherzod Kudbiyev yangi tashkil etilgan Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi raisi etib tayinlandi.

 

Soliq qoʻmitasining yangi raisi haqida nimalar ma’lum

Farrux Poʻlatov 1979 yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. Fargʻona politexnika institutini (2001) va Toshkent davlat yuridik instituti magistraturasini (2010) tamomlagan.

Professional faoliyatini Fargʻona viloyati prokuraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimida boshlagan. 2004-2018 yillarda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tizimida rahbarlik lavozimlarida, shu jumladan, viloyat boshqarmasi va markaziy apparatning sohaviy boʻlimlari boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2018-2022 yillarda "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi boʻlgan.

Barcha muhim yangiliklar – telegram kanalimizda. Obuna boʻlish

 

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text211968_soliq_qumitasiga_yangi_rais_tayinlandi