Chek summalarini qanday tuzatish mumkin: Soliq qoʻmitasining tushuntirishi

preview

2025 yil 20 noyabrdan 10 dekabrgacha (2025 yil 10 dekabr ham kiradi) tadbirkorlik sub’yektlari 2025 yil uchun elektron cheklar va onlayn-NKT cheklaridagi summalarni tuzatishlari mumkin. Soliq qoʻmitasi buni qanday amalga oshirish boʻyicha tushuntirish berdi:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Chekni qanday tuzatish mumkin

1. My3.soliq.uz – «Yuridik shaхslarning onlayn nazorat-kassa teхnikasi toʻgʻrisida ma’lumot» boʻlimida –«Cheklar toʻgʻrisida ma’lumot» kichik boʻlimiga kiring.

2. Fiskal modulning ID raqami, sanasi va raqami boʻyicha kerakli chekni toping.

3. Ochilgan oynada toʻgʻri yigʻindini koʻrsating.

4. Tadbirkorlik sub’yektining tuzatish natijasida yuzaga kelgan oʻzgarishlarning oqibatlari uchun javobgarlikni oʻz zimmangizga olishingiz toʻgʻrisidagi murojaatini (faqat bitta fayl) biriktiring.

5. Saqlash tugmasini bosing.

Chekni hududiy soliq organlarining ishchi guruhi koʻrib chiqadi. Natijani – ma’qullash yoki rad etishni shaхsiy kabinetda koʻrish mumkin.

Agar chekni tuzatish rad etilsa, fikr-mulohazalarni inobatga oling va 10 dekabrdan kechiktirmay chekni qayta tuzatish uchun yuboring.

Nimalarga e’tibor berish kerak

  • Murojaatlarni qabul qilish muddati cheklangan – 2025 yil 10 dekabrgacha. Kechiktirmagan ma’qul.
  • Agar chek boʻyicha keshbek toʻlangan boʻlsa, tuzatishdan oldin summani byudjetga qaytarish kerak. Ushbu masala boʻyicha qoʻshimcha tushuntirish soʻradik, javob kutamiz.
  • Tuzatish kiritilgandan soʻng, aniqlashtirilgan hisobotni topshiring, aks holda avtokameral tekshiruvda tafovutlar yuzaga keladi.

 

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text211992_chek_summalarini_qanday_tuzatish_mumkin_soliq_qumitasining_tushuntirishi