Tugatish jarayonida xoʻjalik yurituvchi sub’yektga soliq qarzini qanday toʻlash mumkin

preview

Faoliyat yuritmayotgan va tugatish jarayonida boʻlgan korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq qarzini Soliq ilovasi orqali toʻlashlari mumkin (2.0.23-versiya). Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Xizmatdan xoʻjalik yurituvchi sub’yekt faoliyat koʻrsatmayotganligi yoki tugatish jarayonida ekanligi sababli buni boshqa yoʻl bilan amalga oshira olmaydigan yuridik shaxslar va YaTTlar foydalanishi mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun direktor yoki bosh buxgalter:

1) Soliq ilovasiga shaxsiy bank kartasini qoʻshishi;

2) «Soliq biznes» boʻlimining «Qarzdorlik» boʻlimiga kirib, dastur koʻrsatmalariga amal qilgan holda kerakli summani toʻlashi kerak.

Yuliya TARShILOVA tayyorladi

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text212094_tugatish_jaraenida_hujalik_yurituvchi_subektga_soliq_qarzini_qanday_tulash_mumkin