2025 yil dekabr oyida necha kun dam olamiz

preview

Oʻzbekistonda 8 dekabr – Konstitutsiya kuni, barcha uchun dam olish kuni. 2025 yilda u dushanbaga toʻgʻri keladi va bu ikki baravar yoqimli!

Dekabr oyidagi barcha dam olish va ish kunlarini sarhisob qilamiz:

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Demak, hech qanday oʻzgarish va koʻchirishlar yoʻq, hammasi reja boʻyicha:

  • 2025 yil dekabr oyida dam olish kunlari:

– 5 kunlik ish haftasida – 9;

– 6 kunlik ish haftasida – 5;

  • ish kunlari:

– 5 kunlik ish haftasida – 22 ta;

– 6 kunlik ish haftasida – 26;

  • ish vaqti me’yori:

– 5 kunlik 40 soatlik ish haftasi: 175 soat;

– 6 kunlik 40 soatlik ish haftasi: 173 soat;

– 6 kunlik 36 soatlik ish haftasi: 155 soat.

 

2025 yil 8 dekabr, dushanba – Konstitutsiya kuni, barcha uchun dam olish kuni.

2025 yil 31 dekabr, chorshanba –bayramoldi qisqartirilgan ish kuni.

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text212245_2025_yil_dekabr_oyida_necha_kun_dam_olamiz