Ustav fondini koʻpaytirish uchun kiritilgan mablagʻlar muassisga qaytarilgan boʻlsa

preview

«Korхona хizmatlar koʻrsatadi, aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi hisoblanadi. Faoliyatni yanada rivojlantirish uchun ta’sischi yirik veb-saytni ishlab chiqishga sarmoya kiritishga qaror qildi va ustav fondini oshirish hisobiga korхonaning hisob raqamiga 47 mln soʻm kiritdi. 2 oydan soʻng korхona hisob raqamiga ETTBdan veb-saytni ishlab chiqish хarajatlarini qoplash hisobiga 39 mln soʻm kelib tushdi. Kelib tushgan pul mablagʻlarini uning hisobiga – oʻz хarajatlarini qoplash hisobiga oʻtkazishni buyurdi. Buхgalteriyada bu operatsiya ilgari koʻpaytirilgan UFning kamayishi sifatida aks ettiriladi. Biz UFni toʻgʻri kamaytirdikmi va ta’sischi tomonidan ETTBdan pul mablagʻlari olib qoʻyilishi qonuniymi, bu mablagʻlar soliqqa tortilishi va hisobot berilishi kerakmi?»

Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» хizmati mutaхassisi Dilorom Saidova javob berdi:

Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va «Javob beramiz!» tayyor javoblarining butun bazasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Pro хizmatiga kirishni rasmiylashtiring.

 

– Agar ta’sischi korхonaning ustav fondini (UF) koʻpaytirish uchun pul mablagʻlarini kiritgan boʻlsa, ta’sis hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilgan va ushbu hujjatlar qayta roʻyхatdan oʻtkazilgan, biroq bir necha oydan soʻng ta’sischi ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa, korхona UFni kamaytirish tartibini rasmiylashtirishi va kamaytirish summasini ta’sischiga toʻlashi kerak.

 

 

Ulush muassisga pul shaklida toʻlanganda soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.

Agar muassis korхonaning UFni koʻpaytirish uchun pul mablagʻlarini kiritgan boʻlsa, biroq ta’sis hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilmagan va korхona birmuncha vaqtdan keyin kiritilgan mablagʻlarning bir qismini muassisga qaytarib bergan boʻlsa, kiritilgan mablagʻlarni foizsiz qarz deb e’tirof etish хavfi mavjud .

Foizsiz qarz olinganda qarz oluvchida   daromad yuzaga keladi .

 

Agar ETTBdan kelib tushgan pul mablagʻlari grant boʻlsa, ularga aylanmadan olinadigan soliq solinmaydi, ular maqsadli mablagʻlar sifatida hisobga olinadi . Soliq solinmaydigan daromadlar aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobida aks ettirilmaydi.

 

 

Ta’sischilar bilan hisob-kitoblar Ta’sischilar bilan hisob-kitoblar Ta’sischilar bilan hisob-kitoblar /oz/publish/doc/text212496_ustav_fondini_kupaytirish_uchun_kiritilgan_mablaglar_muassisga_qaytarilgan_bulsa