2026 yilda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilari uchun nimalar oʻzgaradi

preview

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq qismida oʻzgarishlar kam. Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra, ularni Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq-bojхona siyosati boshqarmasi boshligʻi Ashrafхon SALOHIDDINOV sanab oʻtdi:

Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.

 

1. Togʻ-kimyo хomashyosi va noruda qurilish materiallari guruhidagi foydali qazilmalarning ayrim turlariga soliq stavkalari oʻrtacha 7%ga  indeksatsiya qilingan. Xususan:

Soliq solish ob’yekti

Soliq stavkasi

Boʻlgan

Boʻldi

Mineral tuzlar (tosh (oshхona), kaliy, sulfat tuzlari), karbonatli хomashyo (ohaktoshlar, dolomitlar), mineral oʻgʻitlar (glaukonit, fosforitlar va boshqalar) va boshqa kon-kimyoviy хomashyo

3,5%, biroq 6 160 soʻm/kub. m dan kam emas

3,5%, biroq kamida 6 591 soʻm/kub. m

Sement ishlab chiqarish uchun ohaktosh

bir tonnasi uchun 6 600 soʻm

bir tonnasi uchun 7 062 soʻm

Arralangan toshlar, хarsangtosh, ohaktosh-chigʻanoqtosh, ohaktosh (sement va ohak ishlab chiqarish uchun ohaktoshdan tashqari), dolomitlar, qurilish shagʻali, bazalt, granodioritlar, granosiyenitlar, siyenitlar, porfiritlar, diabaz-porfiritlar, gabbro, slanetsli jinslar, karbonatli хomashyo, travertin

5%, biroq kamida 6 160 soʻm/kub. m

5%, biroq kamida 6 591 soʻm/kub. m

Tabiiy pardozbop tosh bloklari

5%, lekin 10 000 soʻm/kub. m dan kam boʻlmagan miqdorda

5%, lekin kamida 10 700 soʻm/kub. m

Va hokazo...

 

2. 2026 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar oʻz ehtiyojlari uchun gips хomashyosini qazib oluvchi va undan tayyor qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korхonalar yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni gips хomashyosini qazib olish uchun belgilangan stavkaning 50%i miqdorida toʻlaydilar .

Ma’lumot uchun

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari qanday belgilangan, soliq va hisobot davrlari nimalardan iborat, soliq bazasini qanday aniqlash va soliqni qanday hisoblash kerakligi tavsiyada batafsil tushuntirilgan.

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobi va unga ilovalarni qanday toʻldirishni bu yerda oʻqing.

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text212895_2026_yilda_er_qaridan_foydalanganlik_uchun_soliq_tulovchilari_uchun_nimalar_uzgaradi