2026 yil 1 sentyabrdan boshlab qanday BHM va MHTEKMdan foydalanamiz

preview

2026 yil 23 iyunda PF-115-son «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida»gi Farmon qabul qilindi. Koʻrsatkichlarning bir qismi 2026 yil 1 iyuldan, bir qismi esa 1 sentyabrdan boshlab oshiriladi.

Tafsilotlar buxgalter.uz saytida:

Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

E’tibor bering

Materiallardan nusхa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruхsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.

 

2026 yil 1 iyuldan boshlab Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga pensiya va nafaqalar, shuningdek, bolalar nafaqalari va moddiy yordam toʻlovlari miqdori 7 foizga oshiriladi.

Koʻrsatkich

01.07.2026 yilgacha.

01.07.2026 yildan boshlab.

Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori (PHBM)

oyiga 471 000 soʻm

oyiga 504 000 soʻm

Yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori

oyiga 918 000 soʻm

oyiga 983 000 soʻm

Nogironlik pensiyasining eng kam miqdori

oyiga 1 012 000 soʻm

oyiga 1 083 000 soʻm

 

2026 yil 1 sentyabrdan boshlab byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 7 foizga oshiriladi.

Koʻrsatkich

01.09.2026 yilgacha.

01.09.2026 yildan.

MHTEKMning 1 baravari

1 271.000 soʻm.

1 360 000 soʻm.

BHM

412.000 soʻm.

440 000 soʻm.

 

 2026 yil 1 iyuldan boshqa pensiya va nafaqalar miqdorlari:

Koʻrsatkich

01.07.2026 yilgacha.

01.07.2026 yildan boshlab.

Toʻliq boʻlmagan ish staji boʻyicha nogironlik pensiyasining eng kam miqdori

oyiga 1 012 000 soʻm

 

oyiga 1 083 000 soʻm

Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga toʻlanadigan nogironlik nafaqasi miqdori

Bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхslarga nafaqa

1941-1945 yillardagi urush natijasida nogiron boʻlib qolgan shaхslarga va uning qatnashchilariga, shuningdek fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslariga va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaхslarga ustamalar bilan birga pensiyaning eng kam miqdori

oyiga 4 462 000 soʻm

oyiga 4 775 000 soʻm

Yoshga doir pensiyaning belgilangan eng kam miqdoridan nogironlik pensiyasining eng kam miqdorigacha boʻlgan miqdorda yoshga doir pensiya oluvchilarning pensiyasi miqdori

Oyiga 1 012 000 soʻm.

oyiga 1.083 000 soʻm

Zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori

oyiga 820 000 soʻm

oyiga 878 000 soʻm

Qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda toʻliq boʻlmagan ish staji uchun yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan 18 yoshgacha boʻlgan nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlash bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori

Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchining bir nafar mehnatga layoqatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori

Oilaning keyingi har bir mehnatga layoqatsiz a’zosi uchun oyiga 820 000 soʻm, qoʻshimcha ravishda 270 000 soʻm

Oilaning keyingi har bir mehnatga layoqatsiz a’zosi uchun oyiga 878 000 soʻm, qoʻshimcha ravishda 290.000 soʻm

Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchining bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori

amaldagi tartibga muvofiq oilaning keyingi har bir mehnatga layoqatsiz a’zosiga pensiya toʻlagan holda oyiga 820 000 soʻm.

878 000 soʻm, amaldagi tartibga muvofiq oilaning keyingi har bir mehnatga layoqatsiz a’zosiga pensiya toʻlangan holda.

BHM, MHTEKM va boshqa koʻrsatkichlar qanday oʻzgargan

Buxgalter Pro tizimida koʻrsatkichlar dinamikasini aks ettiruvchi qulay ma’lumotnoma jadvallari, shuningdek, quyidagi jadval mavjud:

– BHM, MHTEKM, PHBM va MIX asosida hisob-kitob qilish uchun barcha vaziyatlar;

– toʻlovlarning joriy summalari;

– me’yoriy-huquqiy hujjatlarga havolalar.

Jadvallarga oʻtish

Tavsiya

2026 yilda homiladorlik va tugʻish nafaqasi qanday tayinlanishi va toʻlanishini tavsiyalarda oʻqing.

2026 yilgacha nafaqani hisoblash tartibi haqida ma’lumot olishni istasangiz, tavsiyaning oldingi versiyalariga oʻting.

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text215802_2026_yil_1_sentyabrdan_boshlab_qanday_bhm_va_mhtekmdan_foydalanamiz