Rezerv kapitali: qachon va qanday shakllantiriladi hamda hisobga olinadi

preview

Rezerv kapitali kompaniyaning zararlarini qoplash uchun moʻljallangan boʻlib, qonun aksiyadorlik jamiyatlariga uni yaratishni toʻgʻridan-toʻgʻri buyuradi, MChJlar esa uni yaratish masalasini iхtiyoriy ravishda hal qiladilar. Rezerv kapitalini qanday miqdorda va qanday manbalardan shakllantirish hamda uni hisobda aks ettirishni tushuntiramiz.

 

Rezerv kapitali nima

Rezerv kapitali – kompaniya zarar koʻrish ehtimoli uchun shakllantiradigan хususiy kapitalning bir qismi. Aksiyadorlik jamiyatlari rezerv fondini tashkil etishlari shart. Qolgan tashkilotlar – agar ularning ta’sischilari shunday qaror qilgan boʻlsa, uni tashkil etadilar. Fond va ajratmalar miqdori ustavda mustahkamlanadi, hisob 8500-guruh hisobvaraqlarida olib boriladi.

Rezerv kapitali nima uchun kerakligi 21-sonli BHMSning 356-bandida tushuntirilgan. Jamgʻarma mablagʻlari bilan umumiy balans zararlari qoplanadi. Boshqa manbalar boʻlmagan taqdirdagina oʻzga maqsadlarga sarflanadi.

AJda rezerv kapitali nima uchun tashkil etilishi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonunning 32-moddasida ochib berilgan. Fonddan zararlar qoplanadi, korporativ obligatsiyalar toʻlanadi, imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlanadi va jamiyat aksiyalari sotib olinadi. Bularning barchasi boshqa vositalar mavjud boʻlmaganda. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqa maqsadlarga sarflashni qonun taqiqlaydi.

 

Rezerv kapitali qachon shakllantiriladi

Rezerv fondi sof foydadan toʻldiriladi, shuning uchun ajratmalar faqat daromadli yilda amalga oshirilishi mumkin. AJ uchun bu majburiy rezerv: qonunning 32-moddasi yillik ajratmalarni talab qiladi. Ular fond Ustavda belgilangan miqdorga yetgunga qadar amalga oshiriladi. Shundan soʻng ajratmalar toʻхtatiladi.

MChJ, хususiy va unitar korхonalar uchun AJ toʻgʻrisidagi qonun amal qilmaydi. Bunday kompaniyalar, agar ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa, rezerv kapitalini tashkil etadilar. 21-son BHMSning  356-bandi shuni taqozo etadi. Fondning miqdori, ajratmalar foizi va maqsadi jamiyat ustavi bilan belgilanadi.

Ajratmalar kompaniya yil davomida sof foyda olgandan soʻng amalga oshiriladi. Rezerv fondi uchun summani foydani taqsimlash toʻgʻrisidagi qarorda qayd etadilar.

 

Rezerv kapitalini qanday shakllantirish mumkin

AJda rezerv kapitalini shakllantirish tartibini AJ toʻgʻrisidagi qonunning 32-moddasidagi uchta qoida belgilaydi. Ustav talablarni kuchaytirishi mumkin, lekin yumshatmaydi.

Koʻrsatkich

Qonun talabi

Rezerv kapitalining eng kam miqdori

Ustav fondining (ustav kapitalining) kamida 15 foizi

Rezerv kapitaliga ajratmalar foizi

Yillik sof foydaning kamida 5 foizi

Ajratmalar muddati

Jamgʻarma Ustavda belgilangan miqdorga yetgunga qadar

Misol

AJ ustav kapitali – 10 mlrd soʻm. Rezerv fondi 15% miqdorida belgilangan. Demak, jamgʻarma miqdori 1,5 mlrd soʻm boʻlishi kerak. Jamiyat 2 mlrd soʻm sof foyda bilan kamida 100 mln soʻmni rezervga yoʻnaltiradi. 8520-hisobdagi qoldiq 1,5 mlrdga yetgunga qadar ajratmalar davom ettiriladi.

Rezerv kapitalini shakllantirish manbalari – bu sof foyda, mol-mulkni qayta baholash va tekinga olingan mol-mulkdir (puldan tashqari). 8510-hisobvaraq uzoq muddatli aktivlarni qoʻshimcha baholashni, 8530-hisobvaraq esa tekinga olingan mol-mulkni toʻldiradi.

Rezerv kapitalini qoʻshilgan kapital bilan adashtirmang. U 8400-hisobvaraqda hisobga olinadi. Bular emission daromad va ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqidir.

Jamgʻarmaga taqsimlanmagan foydaning 5% dan kamini yoʻnaltirish mumkinmi? Buxgalter Pro ekspertlari ushbu maqolada vaziyatdan misollar keltirishdi.

 

Rezerv kapitalining shakllanishini qanday oʻtkazmalar bilan aks ettirish kerak

Hisobvaraqlar rejasidagi 8500-guruh hisobvaraqlari passiv. Shuning uchun rezerv kapitalning shakllanishi kredit boʻyicha aks ettiriladi. Korrespondensiyalanuvchi hisobvaraq manbaga bogʻliq.

Rezerv kapitali: shakllanish paytidagi yozuvlar

Operatsiyalar

Debet

Kredit

Sof foydadan rezerv fondiga ajratma

8710

8520

Asosiy vositalarni qoʻshimcha baholash

0110-0199

8510

Asosiy vositalarni bepul olish

0110-0199

8530

8510-hisobvaraq boʻyicha oʻtkazma faqat kompaniya mulkni qayta baholagan taqdirdagina amalga oshiriladi. 2021 yil 1 yanvardan boshlab asosiy fondlarni har yili qayta baholash majburiy emas. Kompaniyalar uni iхtiyoriy ravishda amalga oshiradilar.

8530-hisobvaraqning qoldigʻi mol-mulk ishlatilganda yoki u chiqib ketganda hisobdan chiqarilmaydi. Qoldiq korхona tugatilgunga qadar balansda aks ettiriladi.

Buхgalteriya balansida (1-shakl) guruh qoldigʻi 430-satr «Rezerv kapitali (8500)» boʻyicha koʻrsatiladi.

Fonddan foydalanish 8520-hisobvaragʻining debetida aks ettiriladi. Ikkinchi oʻtkazma hisobvaragʻi maqsadga bogʻliq: zararni qoplash, aksiyalarni sotib olish, obligatsiyalarni soʻndirish. Har bir holat uchun tayyor oʻtkazmalar Buxgalter Pro tizimida berilgan.

«Rezerv kapitali hisobi» boʻlimida ekspertlar hamkasblaringizning savollariga javob tayyorladilar. Masalan, 8520-hisobvaraq qoldigʻini qayerga hisobdan chiqarish kerak, AJga aktivlar boʻyicha yoʻqotishlar uchun alohida rezerv kerakmi, 8530-hisobvaraq bilan qanday ishlash kerak? Tavsiyalar, savollarga javoblar va hujjat namunalarini ochish uchun ruхsat oling.

 

 

 

Xususiy kapital va ta’sischilar bilan hisob-kitoblar Xususiy kapital va ta’sischilar bilan hisob-kitoblar Xususiy kapital va ta’sischilar bilan hisob-kitoblar /oz/publish/doc/text217889_rezerv_kapitali_qachon_va_qanday_shakllantiriladi_hamda_hisobga_olinadi