HUMO kartasidan foydalangan holda hisob-kitob qilish sotuvchi uchun muammoga aylanishi mumkin. Bunday hisob-kitoblar boʻyicha bankning vositachilik haqi tranzaksiya paytida ushlab qolinadi. Natijada tovarlar va хizmatlar sotuvchisi hisobraqamiga pul tushumi vositachilik haqi ayirilgan holda kelib tushadi. Xaridor sizga, shartli ravishda, 100 soʻm toʻladi va unda terminalning tasdiqlovchi cheki mavjud. Siz esa hisobraqamingizga, sizga хizmat koʻrsatuvchi bank qandayligiga bogʻliq holda 99 soʻm yoki shunga yaqin summani olasiz. ...