2026 yil 1 yanvardan boshlab soliq organlari koʻchmas mulk va qurilish materiallarini realizatsiya qilish boʻyicha soliq bazasini, agar bitim narxi bozor narxidan 20 foizdan koʻproqqa ogʻsa, bozor narxidan kelib chiqqan holda qayta hisoblab chiqishga haqlidir. Ushbu qoida nafaqat oddiy sotuvga, balki pulsiz operatsiyalarga ham, masalan, mol-mulkni boshqa kompaniyaning ustav fondiga hissa sifatida kiritishga ham taalluqlidir. Qayta hisoblab chiqish nimaga asoslangani va u kimlarga taalluqli ekanligini koʻrib chiqamiz. ...
Kompaniyalar koʻchmas mulk ob’yektlari bozor narxidan past sotilganligi va ular boʻyicha QQS qoʻshimcha hisoblanishi lozimligi toʻgʻrisida xabarnomalar olishni boshlashdi. Tekshiruv hali boshlangani yoʻq, lekin javob berish uchun muddat – 10 kun.
Qanday yoʻl tutish kerakligini buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab beradi: ...
Kompaniyalar soliq organlaridan koʻchmas mulk bozor narxidan 20 foizdan koʻproq past narxda realizatsiya qilinganligi va ularga QQS qoʻshimcha hisoblanganligi toʻgʻrisida – 18.05.2026 yildagi 253-son VMQga havola bilan xabarnomalar olishni boshlashdi.
Buxgalterlarning birinchi savoli: inspeksiya hisob-kitobini tekshirish yoki oʻz narxini asoslab berish uchun bozor narxlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni qayerdan olish kerak. Javob beramiz: ...
Vaziyat: soliqchilar SK 248-moddasi 4-qismi asosida soliq bazasini tuzatdilar va tadbirkorning e’tirozlarini e’tiborga olmayaptilar. Soliq toʻlovchi soliq organlarining narx tovarlar (xizmatlar) bozor qiymatidan past boʻlgan degan pozitsiyasiga rozi emas, soliq organlarining bozor qiymatini aniqlash usullari esa savollar tugʻdirmoqda.
Soliq toʻlovchi oʻz manfaatlarini qanday himoya qilishi mumkinligi haqida buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA hikoya qildi: ...
SKning VI boʻlimi kuchga kirishi bilan korxonalarda narx belgilashda koʻp savollar tugʻilmoqda, chunki endi narxlar soliq xavfi bilan uzviy bogʻliqdir. Narx siyosatini tuzishda nimani hisobga olish lozimligi haqida “Norma” eksperti Elvira JILTsOVA soʻzlab berdi: ...
Korxonada tovarlar va xizmatlar narxi, qoidaga koʻra, iqtisodiyot va marketing boʻlimlari yoki rahbariyatning oʻzi tomonidan belgilanadi, chunki koʻp hollarda sotuvlar muvaffaqiyati narxga bogʻliq boʻladi. Transfert narx belgilash boʻyicha SK normalari (SK VI boʻlimi) kuchga kirishini hisobga olgan holda tovarlar (xizmatlar) uchun narx belgilash masalasiga buxgalteriya xodimlari ham faol kirishishlariga toʻgʻri keladi.
Narx siyosatini qanday toʻgʻri tuzish va nima uchun u soliq hisob siyosatining bir qismiga aylanishi lozimligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Irina PODOLSKAYa gapirib berdi: ...