2020 yil 1 yanvardan barcha tadbirkorlik sub’yektlari uchun elektron hisobvaraq - faktura (EHF) ga oʻtish majburiydir. Bu soliq nazoratini kuchaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan dastur. EHFga qanday oʻtiladi, biznesda joriy tovar oldi-sotdi ritmini buzmagan holda EHFga oʻtishi uchun hozir qanday choralar koʻrish lozim – asosiy ma’lumot shu haqda boʻladi.
EHFga oʻtish shu bilan birga biznes uchun hujjatlarni rasmiylashtirishga sarflanadigan vaqtni sezilarli tejaydi. EHFga oʻtishda asosiy savollar tovarlarning qaytarilishi va chegirma berilishi natijasida soliq bazasining korrektirovkasiga oid boʻladi.
Vebinar dasturi:
- EHFning rasmiylashtirilishini amalda koʻrsatib berish.
- Kimlar elektron hisobvaraq - fakturani rasmiylashtirishlari shart emas?
- Buxgalteriya hisobi dasturlari (1 Uz, 1S) bilan sinxronlashtirish imkoniyati
- EHFga oʻtilgach, ishonchnoma va tovar transport yukxatlari amal qilishi toʻxtaydimi?
- Tovarlar va xizmatlar eksporti hamda importida EHFni rasmiylashtirilish tartibi.
- Tovar va moliyaviy chegirmalar berilganda EHFni rasmiylashtirish.
- Tovarlarning qaytarilishini rasmiylashtirish.
- EHFni akseptsiz qabul qilinishining ijobiy va salbiy tomonlari.
- Savol – javoblar.





Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter