Yangiliklar

Peshlavhalar va tashqi reklama uchun uch baravar oshirilgan elektr energiyasi tarifini bekor qilishmoqchi: loyiha muhokamaga qoʻyildi

02.10.26
NHH loyihalari muhokamasi portalida (regulation.adliya.uz) Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi joylashtirilgan boʻlib, unda peshlavhalar, tashqi reklama va illyuminatsiya uchun qoʻllanilayotgan elektr energiyasi iste’moli uchun uch baravar oshirilgan tarif toʻgʻrisidagi normani chiqarib tashlash taklif etilmoqda. Hujjat qabul qilinmaguncha, avvalgi norma amalda, korxonalar esa oʻtgan yillar uchun oʻn millionlab qayta hisob-kitoblarni toʻlashga majbur. Siz uchun kerakli ma’lumotlarni toʻpladik:

Oʻzbekiston Prezidenti xususiy maktab va texnikumlar uchun yangi imtiyozlarni e’lon qildi

02.10.26
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kasb bayrami arafasida «Yangi Oʻzbekiston» universitetida oʻqituvchi va murabbiylar bilan uchrashdi. Tadbir davomida davlatimiz rahbari oʻz taqdirini yosh avlod tarbiyasi bilan bogʻlagan barcha ustozlarga chuqur minnatdorchilik bildirdi. Batafsil – buxgalter.uz saytida.

2026 yil oktyabr oyi uchun bosh buxgalter rejasi

01.10.26
Ta’til mavsumi ortda qoldi, uchinchi chorak yakunlanmoqda, oldinda esa kuzgi hisobot marafoni. 2026 yil oktyabr oyida nimalarni va qaysi muddatlarda topshirish hamda toʻlash kerakligi, dam olish kunlari tufayli qaysi muddatlar kechiktirilgani haqida ma’lumot beramiz. Oktyabr oyi tinch va bezovtaliksiz oʻtsin.

Agrar sohada subsidiya va sugʻurta tizimi qanday oʻzgaradi

30.09.26
Prezidentning 28.09.2026 yildagi PQ-354-son qarori qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini isloh qilishga qaratilgan: subsidiyalar real natijalar va hosildorlik uchun toʻlanadigan boʻladi, sugʻurta hodisalarini baholash uchun esa kosmik monitoring va raqamli texnologiyalar qoʻllaniladi. Byudjet mablagʻlarini taqsimlashda qanday tamoyillar joriy etilayotgani va agrosugʻurtani kuchaytirish uchun qanday usullar qoʻllanilayotganini buxgalter.uz saytidagi sharhda oʻqing:

Soliq organlari nazorat qilinadigan bitimlar haqida xabardor qilishni talab qilmoqda: buxgalter nima qilishi kerak

30.09.26
Soliq toʻlovchilarga 2024-2025 yillar uchun nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomalarni taqdim etish talabi bilan xatlar kelib tushdi. Tarqatish transfert narxlarini belgilash ustidan nazorat kuchaytirilishi fonida amalga oshirilmoqda. Bunday xat nimani anglatadi va agar kompaniyada nazorat qilinadigan bitimlar boʻlmasa, unga javob berish kerakmi? Vuxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA bu mavzu boʻyicha tushuntirish berdi.

Pensiya tayinlash va ijtimoiy soliqni ixtiyoriy toʻlash qoidalari qanday oʻzgarmoqda

30.09.26
Prezidentning 28.09.2026 yildagi №PQ-355-son qarori 2027 yil 1 yanvarga qadar davlat pensiya xizmatlarini toʻliq proaktiv va interaktiv formatlarga oʻtkazishni nazarda tutadi. Hujjat Pensiya jamgʻarmasi bilan oʻzaro hamkorlikning yangi raqamli mexanizmlarini va fuqarolarning mehnat stajini toʻplash uchun ijtimoiy soliqni ixtiyoriy ravishda toʻlash tartibini joriy etadi. Raqamli texnologiyalarni joriy etgan holda pensiya tizimidagi ishlar qanday tashkil etilishi haqida buxgalter.uz saytidagi sharhda ma’lumot berilgan.

2026 yilning III choragi yakunlari boʻyicha kimlar Milliy statistika qoʻmitasining diqqat markaziga tushdi

28.09.26
Milliy statistika qoʻmitasi III chorak yakunlari boʻyicha 4 kb (savolnoma) shakli boʻyicha tanlanma kuzatuv ishtirokchilari roʻyxatini joylashtirdi. Soʻrovnoma shakli hali ochilmagan, lekin tanlanganlar allaqachon aniqlangan. Demak, roʻyxatga tushgan-tushmaganingizni tekshiramtz va unga tayyorgarlik koʻramiz... Batafsil ma’lumot buxgalter.uz saytida:

Biznes vakillari ushlangan avtomobillarni saqlash xizmatini koʻrsatish huquqini qanday olishi mumkin

28.09.26
Vazirlar Mahkamasining 22.09.2026 yildagi 508-son qarori bilan Toshkent shahrida huquqbuzarlik uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlash jarima maydonchalarining ishlash tartibi oʻzgartirilmoqda. Hujjat ushbu sohada ishlashni rejalashtirayotgan yoki allaqachon shunday xizmatlar koʻrsatayotgan yuridik shaxslar uchun qanday qoidalarni joriy etishini qisqacha umumlashtiramiz.

2026 yil 1 oktyabrdan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

28.09.26
2026 yil oktyabr oyi soliq ma’muriyatchiligi, bojxona tartib-taomillari, davlat xizmatlari sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish, biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy sohaga oid bir qator qonunchilik oʻzgarishlarini oʻz ichiga oladi. Barcha tafsilotlar bizning an’anaviy sharhimizda keltirilgan.

3 000 ta kompaniya ijara shartnomasi yoʻqligi haqida xat oldi: buxgalterlar nima qilishi kerak

24.09.26
Ba’zi kompaniyalar tuman soliq inspeksiyasidan kompaniyaning balansida mol-mulk yoki amaldagi ijara shartnomasi yoʻqligi toʻgʻrisida xabarnoma olgan. Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA bilan birgalikda xatga javob berish yoki bermaslik va muammolar yuzaga kelmasligi uchun nimalarni tekshirish kerakligini oʻrganamiz.

VMQ loyihasi: «Yashil tadbirkor» maqomi uchun kimga va qancha barqarorlik reytingi ballarini qoʻshish rejalashtirilmoqda

23.09.26
21.04.2026 yildagi 195-son VMQda va’da qilingan «yashil» biznesda qoʻshimcha ballar joriy etila boshlaydi: Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar loyihasi ishlab chiqildi. Muhokamada 2026 yil 9 oktyabrgacha havola https://regulation.adliya.uz/project/11376/36299?contentLang=uz orqali ishtirok etish mumkin.

Yangi pensiya strategiyasi: soliq imtiyozlari oʻrniga biznes uchun subsidiyalar

23.09.26
Prezidentning «Aholi farovonligini ta’minlash va pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi (Loyiha IDsi:10855). Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan taklif etilayotgan tashabbuslar boshqa chora-tadbirlar qatorida biznes uchun davlat byudjetidan subsidiyalarga oʻtishni, ijtimoiy soliq boʻyicha soliq imtiyozlarini bekor qilishni, oʻzini oʻzi band qilganlarning majburiy ijtimoiy ajratmalarini nazarda tutadi. Muhokamada 2026 yil 1 oktyabrgacha havola orqali ishtirok etish mumkin. Yuridik shaxslar uchun eng muhim boʻlgan boʻlajak oʻzgarishlar sharhi buxgalter.uz saytida keltirilgan.

Xizmatlar importi uchun QQSning proaktiv shakllarida nosozlik: 21 sentyabr kuni nima sodir boʻldi

22.09.26
2026 yil 21 sentyabrda soliq toʻlovchilar chet ellik shaxslardan olingan tovarlar/xizmatlar boʻyicha QQS hisob-kitobini topshirishda muammoga duch kelishdi (29-kod). Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlaydi:

2027 yildan boshlab bola parvarishi boʻyicha nafaqani kim toʻlaydi va PF 193-son Farmonga muvofiq yangi imtiyozlar

21.09.26
2027 yil 1 yanvardan boshlab bola parvarishi boʻyicha nafaqa toʻlash tartibi oʻzgaradi. Korxonalar uchun ishchilarga qilingan xarajatlar uchun yangi soliq imtiyozlari tayyorlanmoqda. 11.09.2026 yildagi PF-193-son Farmonga asosan bu tartibga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida buxgalter.uz sharhida oʻqing:

Qarz (moliyaviy yordam) shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish: majburiyat bor, bajarish imkonsiz

18.09.26
Yuridik shaxslar uchun my.soliq.uz shaxsiy kabinetidagi «Shartnomalarni elektron roʻyxatdan oʻtkazish» xizmatida «Qarz shartnomasi (35)» (ya’ni qarz yoki moliyaviy yordam shartnomasi) turi qoʻshildi. Kecha Soliq qoʻmitasi qarz shartnomasi misolida elektron shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha video yoʻriqnomani e’lon qildi. Ammo amaliyotda keng tarqalgan holat – ta’sischi-jismoniy shaxsdan oʻz yuridik shaxsiga qarz olish uchun jismoniy shaxsning shaxsiy kabinetida funksional mavjud emas. Bundan tashqari, yangi majburiyatni joriy etish sanasi, unga qadar tuzilgan shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish, hisobga qoʻyish muddatlari, roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi uchun yuridik shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisidagi masalalar ochiq qolmoqda... Buxgalter.uz soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVdan oʻz fikrini bildirishni soʻradi:

Elektrotexnika tarmogʻi uchun qanday soliq imtiyozlari va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari qabul qilingan

17.09.26
Prezidentning 12.09.2026 yildagi PQ-325-son qarori bilan yirik investorlarni jalb qilish va mahalliy elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash uchun soliq va moliyaviy imtiyozlar belgilandi.

EHFdagi JShShIR: nima uchun xaridor sizning hisobvaraq-fakturalaringizni koʻrmayapti va buxgalterlar nima qilishi kerak

16.09.26
14 sentyabrdan boshlab tovarlarni realizatsiya qilish uchun EHFni rasmiylashtirishda tizim ishonchnoma blokida ishonchli shaxsning JShShIRini koʻrsatishni talab qiladi. Natijada hisobvaraq-faktura yuridik shaxsning kabinetiga emas, balki ushbu jismoniy shaxsning shaxsiy kabinetiga yuboriladi – xaridor buxgalteriyasi hujjatni koʻrmaydi.

OʻRQ-1173-sonli Qonun marketpleyslar, agregatorlar va oʻzini oʻzi band qilganlar ishini qanday oʻzgartiradi

15.09.26
2026 yil 10 sentyabrdagi OʻRQ-1173-sonli Qonun bilan «Elektron tijorat toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda (29.09.2022 y. OʻRQ-792-son). Unda elektron tijorat sohasidagi tushunchalar mustahkamlanadi, operatorlarning maqomi va majburiyatlari belgilanadi, shuningdek, transchegaraviy savdo qoidalari, oʻzaro hisob-kitoblar tartibi va raqamli mahsulotlar bilan bogʻliq eksport-import operatsiyalari tartibga solinadi.

Hisob, hisobot va soliq agentlari maqomi: elektron tijorat uchun yangi talablar

14.09.26
10.09.2026 yildagi 1173-sonli OʻRQ bilan Soliq kodeksi onlayn-platformalar (marketpleyslar) orqali jismoniy shaxslarga elektron shaklda xizmatlar koʻrsatadigan yoki tovarlarni realizatsiya qiladigan xorijiy yuridik shaxslar uchun normalar bilan toʻldirildi. Transchegaraviy internet-savdo va raqamli xizmatlarni soliqqa tortish qoidalari qanday oʻzgarayotgani haqida buxgalter.uz sharhida oʻqing.

Davlat aktivlarini sotib oluvchilar va tijorat banklari qanday soliq imtiyozlariga ega boʻldi

10.09.26
Oʻzbekistonda keng koʻlamli xususiylashtirish ishlari avj olmoqda. Prezidentning 28.08.2026 yildagi PF-177-son Farmoni davlat korxonalari, koʻchmas mulk, yer uchastkalarini sotish boʻyicha elektron savdolar qoidalarini soddalashtiradi hamda investorlar va banklar uchun soliq imtiyozlarini joriy etadi.