Yangiliklar

Davlat madaniyat va san’at sohasidagi nodavlat teatrlar va ta’lim tashkilotlarini qanday qoʻllab-quvvatlaydi

04.06.26
2026 yil 1 sentyabrdan boshlab madaniyat va san’at sohasidagi xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va ularning xodimlari Davlat byudjetidan sezilarli soliq imtiyozlari va moliyaviy yordam oladi. Prezidentning yangi Farmoni boʻyicha batafsil ma’lumot buxgalter.uz saytida:

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalarni toʻlashda nimalar oʻzgardi

04.06.26
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalarini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda norma.uz portali xabar qildi. Nizomga tuzatishlar kiritilgan hujjat (12.05.2026 y. 239-son VMQ) 13 maydan kuchga kirdi, tafsilotlar sharhda:

2027 yil 1 yanvardan boshlab «E-kontrakt» orqali «shubhali valyuta operatsiyalari»ning qanday belgilari kuzatiladi

03.06.26
9 iyunga qadar QHTBTda Vazirlar Mahkamasining valyuta operatsiyalarining ishonchliligini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi qarori loyihasi muhokama qilinadi. U 2027 yil 1 yanvardan boshlab valyuta operatsiyalarini shubhali deb topish mezonlarini va ularni «E-kontrakt» tizimi orqali monitoring qilish tartibini belgilaydi. Batafsil ma’lumot – buxgalter.uz saytida:

PF-99-son Farmon boʻyicha korxonalar suv fondi yerlaridan qanday shartlarda foydalanishlari mumkin

02.06.26
Prezidentning 26.05.2026 yildagi PF-99-son Farmonida 2026-2027 yillarda 30 ming gektar suv fondi yerlarini ijaraga berish va u yerda 100 ming kishi uchun qoʻshimcha daromad manbai yaratish belgilangan. Ijara maqsadlari – sayyohlik xizmatlari, qishloq xoʻjaligi, oʻzanlarni tozalash jarayonida shagʻal qazib olish. Tafsilotlar buxgalter.uz sharhida:

PF-98-son Farmon boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi korxonalar qanday imtiyozlarga ega boʻladi

02.06.26
Davlat barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlarining tadqiqot jarayonlarida ishtirok etishini ragʻbatlantiradi. Bu sinovdan oʻtgan usul – soliq imtiyozlari bilan amalga oshiriladi. 26.05.2026 yildagi PF-98-son yangi Farmon boʻyicha batafsil ma’lumot buxgalter.uz sharhida:

Moliya mutaxassislarining II Respublika forumi yakunlari (MHMS, buxgalterlarni sertifikatlash, kasbiy standartlar, islomiy moliya)

02.06.26
21 may kuni Toshkentda Oʻzbekiston moliya mutaxassislarining II Respublika forumi boʻlib oʻtdi. Unda toʻrtta muhim masala – MHMSga oʻtish, buxgalterlarni milliy sertifikatlash, buxgalterlar va moliyaviy menejerlar uchun kasbiy standartlar, islomiy moliya uchun kadrlar masalasi muhokama qilindi. Muhokama natijalari, va’da qilinganidek, buxgalter.uz saytidagi sharhimizda:

PF-100-son Farmon kichik korxonalarning soliq ma’muriyatchiligida nimalarni oʻzgartiradi

01.06.26
Prezidentning 2026 yil 26 maydagi «Kichik biznes sub’yektlarining oʻsishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida»gi PF-100-son Farmoni biznes uchun global yengilliklarni joriy etadi. Farmonda 6 foizlik stavkada QQS, toʻlovchi guvohnomasini toʻxtatib turishni bekor qilish, umumiy ovqatlanish shoxobchalariga alkogol va tamaki mahsulotlarini naqd pulga sotishga ruxsat berish, tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda QQSga majburiy oʻtishni bekor qilish koʻzda tutilgan... Buxgalter.uz saytida Farmonning asosiy yangiliklarini koʻrib chiqamiz:

2026 yil iyun oyi uchun bosh buxgalter rejasi

01.06.26
Kalendar yilning deyarli yarmini oʻtkazdik: navbatda – iyun... Soliq frontining barcha jangchilariga yordam tariqasida bosh buxgalterning oylik rejasini taqdim etamiz. Unda barcha ma’lumotlar – sanalar, me’yoriy-huquqiy hujjatlarga havolalar va maslahatlar keltirilgan:

Toʻlov topshiriqnomalarini toʻldirishda qanday kodlardan foydalanish kerak

26.05.26
26 maydan boshlab toʻlovlarni rasmiylashtirishda faqat yangi toʻlov maqsadi kodlaridan foydalanish kerak – bu bayramoldi soʻnggi ish kuni uchun yaxshi xabar emas. Toʻlov topshiriqnomalarini soʻmda rasmiylashtirish boʻyicha majburiy talablar joriy etilishi munosabati bilan kodlar ma’lumotnomasi yangilandi. Yangi qoidalarga koʻra endi «Toʻlov tafsilotlari»da nimalarni koʻrsatish kerakligini bizning sharhimizda oʻqing:

2026 yil iyun oyida Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

26.05.26
2026 yil 1 iyundan oʻzbekistonliklarni elektr energiyasi va gaz tariflarining oshirilishi, ayrim tartib-taomillarning soddalashtirilishi, ayrim talablarning qat’iylashtirilishi, ayrim imtiyozlar, davlat xizmatchilarining «muayyan lavozimlarda korrupsiyaga moyilligi» boʻyicha profilaktik diagnostika va boshqa shunga oʻxshash odatiy yangiliklar kutmoqda. Qaysi yangiliklar aynan sizga taalluqli ekanligini bizning sharhimizda aniqlashingiz mumkin:

PF-95-son Farmon biznes uchun nimalarni oʻzgartiradi: tekshiruvdan oldingi tahlilni oʻzgartirish

25.05.26
Prezidentning 19.05.2026 yildagi PF-95-son Farmoniga muvofiq, 2026 yil 1 iyuldan boshlab soliq toʻlovchining tekshiruvdan oldingi tahlil davomida aniqlangan tafovutlar boʻyicha aniqlashtirilgan hisobot yoki asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etish majburiyati bekor qilinadi. Bunda tekshirishdan oldingi tahlilning oʻzi saqlanib qoladi, lekin uning mohiyati tubdan oʻzgaradi. Buxgalter.uz iltimosiga koʻra, soliq maslahatchisi Irodaxon ABBOSXONOVA, buxgalteriya kompaniyalari rahbarlari Aleksandra TOLMAChEVA, Nigora SAIPOVA oʻzgarishlarga izoh berdilar. Izohlar boʻlimida muhokamaga qoʻshiling:

NHH loyihasi: mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash uchun maqsadli koʻrsatkichlar qanday hisoblanadi

22.05.26
QHTBTda 5 iyunga qadar Vazirlar Mahkamasining yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi qarori loyihasi muhokama qilinadi. Hujjat uchta koʻrsatkichni – realizatsiyadan olingan jami daromadning soliq imtiyozi summasidan oshgan summasini, yilning barcha oylari uchun ish haqi MHTEKMning 2 baravaridan kam boʻlgan xodimlarning umumiy sonini va xodimlarning oʻrtacha yillik sonini hisoblash qoidalarini oʻz ichiga oladi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

266-son VMQ boʻyicha qayta ishlangan mahsulotlarga bojxona boji qanday hisoblanadi

22.05.26
2027 yil 1 martga qadar qayta ishlangan tayyor mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarishda tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash va bojxona toʻlovlarini hisoblashning yangi tartibi tajriba tariqasida amal qiladi. Bu xususda – 21.05.2026 yildagi 266-son VMQ qabul qilindi. Batafsil ma’lumot – buxgalter.uz saytida:

Elektron tizimning texnik yordam koʻrsatish xizmatida firibgarlarga aldanib qolmaslik va pulni yoʻqotmaslik yoʻllari

21.05.26
Ehtiyot boʻling: elektron tizimlarning texnik yordam koʻrsatish kanallarida firibgarlar harakat qilayotgan boʻlishi mumkin! Mana yaqqol bir misol: Paynet Xolis toʻlov tizimi foydalanuvchisi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorning hisobotlarida 2026 yil 1 maydan boshlab ushbu tizim orqali qabul qilingan cheklar aks etmay qolgan. Uning buxgalteri muammo sababini tushuntirish va uni hal qilishda yordam soʻrab tizimning rasmiy Telegram-kanaliga murojaat qilgan. U bilan darhol «soxta xodimlar» bogʻlangan, qizigʻi, ular foydalanuvchining hamyonlari va akkauntlari haqidagi ichki ma’lumotlarga ega boʻlgan. Natija – YaTT hisobvaragʻidan pul yoʻqolgan… Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi:

255-sonli VMQ boʻyicha yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini qanday uzaytirish mumkin

21.05.26
Vazirlar Mahkamasining 255-son qarori bilan Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi va 19 maydan kuchga kirdi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Ishlab chiqaruvchilar tomonidan suv va ichimliklarni raqamli markirovkalash kodlarini EHFda aks ettirish muddatlari koʻchirildi (258-son VMQ)

21.05.26
19.05.2026 yildagi 258-son VMQning 1-bandiga muvofiq, suv va salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchilar uchun elektron hisobvaraq-fakturalarda markirovkalash kodlarini majburiy aks ettirishning boshlanish sanasi 2027 yil 1 aprelga koʻchirilmoqda. Shu munosabat bilan bir qator savollar tugʻilmoqda, xususan – bunday sharoitlarda chakana va ulgurji savdo korxonalari markirovka kodlari bilan qanday ishlaydi?

2026 yil 27 maygacha nimalarni bajarishga ulgurish kerak

20.05.26
May oyining soʻnggi 5 kuni barchamiz uchun uzoq dam olish kunlari ekanligini eslaymiz, shunday emasmi? Bir tomondan – bu katta quvonch, boshqa tomondan – oyning soʻnggi kunlarida odatiy ishimizga ta’sir qiladigan kichik noqulaylik. Masalan, «bank-mijoz» ham bu kunlarda «dam oladi» shuni unutmaylik... Buxgalter.uz saytida bayram arafasidagi kichik eslatma:

Prezidentning yangi PF-95-son Farmoni soliq ma’muriyatchiligida nimalarni oʻzgartiradi

20.05.26
2026 yil 1 iyuldan soliq toʻlovchilar uchun tekshiruvdan oldingi tahlil doirasida aniqlangan tafovutlar boʻyicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etish majburiyati bekor qilinadi. Ushbu va boshqa ta’sirchan chora-tadbirlar (shu jumladan yangi proaktiv hisobotlar toʻplami) Prezidentning «Soliq organlari faoliyatini institutsional takomillashtirish va soliq ma’muriyatchiligiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-95-son Farmonida koʻzda tutilgan. PF-95-son Farmon boʻyicha asosiy yangiliklar – buxgalter.uz sharhida:

Soliq organlari koʻchmas mulk va qurilish materiallari boʻyicha bozor narxlari va soliq bazasini qanday aniqlaydilar (PF-246-son, VMQ 253-son)

19.05.26
SKning 248-moddasi 4-qismiga koʻra, agar bitimning narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori boʻlsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli. Soliq toʻlovchi bunday qaror yuzasidan bitimning narxi bozor narxlariga muvofiq ekanligi va soliq solishdan boʻyin tovlashga qaratilmaganligini asoslab bergan holda nizolashishga haqli. Vazirlar Mahkamasining 18.05.2026 yildagi 253-son qarori bilan koʻchmas mulk ob’yektlari va yogʻochdan tayyorlangan qurilish materiallari uchun tovarlarning bozor narxini va uning asosida soliq bazasini aniqlash tartibi belgilangan (19.05.2026 y.). Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

VMQ-251-sonli qarorga muvofiq zargarlik sanoati uchun olib kiriladigan qaysi asbob-uskuna va materiallar bojxona bojidan ozod qilinadi

19.05.26
Zargarlik sanoati uchun olib kirishda bojxona bojidan ozod qilinadigan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi va sarflash materiallari roʻyxati tasdiqlandi. Roʻyxatda 31 ta pozitsiya (34 ta TIF TN kodi) mavjud. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: