2026 yil iyun oyi uchun bosh buxgalter rejasi

preview

Kalendar yilning deyarli yarmini oʻtkazdik: navbatda – iyun...

Soliq frontining barcha jangchilariga yordam tariqasida bosh buxgalterning oylik rejasini taqdim etamiz. Unda barcha ma’lumotlar – sanalar, me’yoriy-huquqiy hujjatlarga havolalar va maslahatlar keltirilgan:

Telegram-kanalimizda hisobot muddatlari haqida oldindan eslatib oʻtamiz.

 

Yuridik shaxslar uchun soliq toʻlovchi taqvimi 2026 yil iyun oyidagi birorta ham nazorat sanasini oʻtkazib yubormaslikka yordam beradi. Unda Oʻzbekistondagi korxonalar uchun soliq hisoboti va toʻlov muddatlari batafsil bayon etilgan. Bundan tashqari, jadval koʻrinishidagi qisqa shpargalka ham mavjud (yuklab olish uchun). U qaysi sanagacha soliq idorasiga hisobot topshirishingiz yoki soliqlarni toʻlashingiz kerakligini tezda tekshirishga yordam beradi.

 

5 iyun

– soʻnggi kun:

  • banklar tomonidan 2026 yil may oyida norezidentlarga toʻlangan daromadlar (dividendlar va foizlar koʻrinishidagi daromadlar bundan mustasno) boʻyicha foyda soligʻini toʻlash .

7 iyun

– soʻnggi kun (8 iyunga koʻchiriladi, chunki 7 iyun – yakshanba):

  • 2026 yil may oyida natura shaklida toʻlangan daromadlardan JShDS va ShJBPHga badallarni toʻlash   .

Daromadlar natura shaklida toʻlanganda hisoblangan soliq summasi va ShJBPHga badallar daromad toʻlangan oy tugaganidan keyin 5 kun ichida toʻlanadi.

 

9 iyun

– soʻnggi kun:

Quyidagi huquqlar uchun 2026 yil iyun oyi uchun yigʻimlarni toʻlash :

– chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish;

– pivo va pivo ichimliklari chakana savdosi;

– tamaki mahsulotlarining chakana savdosi.

 

10 iyun

– soʻnggi kun:

  • 2026 yil may oyi uchun aksiz soligʻi hisobotini taqdim etish va toʻlash ;

 

  • Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi va investitsiya vositachilari tomonidan 2026 yil may oyida roʻyxatga olingan aksiyalar bilan bogʻliq bitimlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish ;
  • aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil iyun oyi uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlash .

Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini har chorak uchinchi oyining 20-kunidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar;

 

  • aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil iyun oyi uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlash .

Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun soliqni har chorak uchinchi oyining 20-kunidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar.

 

  • 16 yoshgacha boʻlgan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasidan biriga qoʻshimcha dam olish kunini toʻlash boʻyicha yuridik shaxsning xarajatlarini qoplash uchun 2026 yil may oyida Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻ (nafaqa) olish uchun ariza taqdim etish .

16 yoshgacha boʻlgan nogironligi boʻlgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxsga oyiga bir qoʻshimcha dam olish kuni beriladi. Ushbu kun uchun ish beruvchi davlat ijtimoiy sugʻurtasi mablagʻlari hisobidan kunlik ish haqi miqdorida nafaqa toʻlaydi .

 

15 iyun

– soʻnggi kun:

  • 2026 yil may oyi uchun ShJBPHga reyestrlarni taqdim etish va badallarni toʻlash  ;

 

  • 2026 yil may oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisobotlarini taqdim etish va toʻlash.

JShDS soliq toʻlovchiga daromadlarni toʻlash bilan bir vaqtda, lekin soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay toʻlanadi  .

Ijtimoiy soliq ham soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay toʻlanadi ;

 

  • soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil may oyi uchun hisobot taqdim etish va aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash ;

 

  • soliq agentlari tomonidan 2026 yil may oyi uchun YaTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning 1 milliard soʻmgacha boʻlgan daromadlari boʻyicha hisobot taqdim etish va aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash .

Eslatib oʻtamiz

YaTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning toʻlov tashkilotlarining raqamli platformalari orqali olingan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan 1 milliard soʻmgacha boʻlgan daromadlari boʻyicha toʻlov tashkilotlari soliq agenti deb e’tirof etiladi .

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning yuridik shaxslardan olgan daromadlari boʻyicha ushbu yuridik shaxs soliq agenti deb e’tirof etiladi. Yuridik shaxs soliq organlarini xabardor qilish asosida toʻlov manbaida soliqni ushlab qoladi .

 

  • Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil may oyi uchun onlayn-NKT cheklaridagi texnik xatolarni tuzatish  .

QQS toʻlovchilar uchun 2026 yil may oyi uchun onlayn-NKT cheklaridagi texnik xatolarni tuzatishning oxirgi kuni – 2026 yil 20 iyun (20 iyun shanba boʻlgani sababli 22 iyunga koʻchirildi)   .

 

20 iyun

– soʻnggi kun (22 iyunga koʻchiriladi, chunki 20 iyun – shanba):

  • 2026 yil may oyi uchun QQS hisobotini taqdim etish va toʻlash ;

QQS toʻlovchilar va endi QQS toʻlovchi boʻlmoqchi boʻlganlar uchun foydali ma’lumotlar:

– Tovarlar va xizmatlarni sotishda QQSni qanday hisoblash kerak;

– QQS toʻlashga qanday oʻtish mumkin;

– Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va toʻlash kerak.

 

  • Soliq agentlari – QQS toʻlovchilar tomonidan 2026 yil may oyi uchun QQS hisobotini taqdim etish va toʻlash :

– chet ellik shaxslardan sotib olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha ;

– davlat mulki bilan bogʻliq operatsiyalar, davlat mulkini, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida sotish operatsiyalari bundan mustasno .

Soliq agentlari – QQSni toʻlamaydiganlar hisobotni soliq toʻlangan oydan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay taqdim etadilar ;

 

  • Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash :

– soliq davri uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan oshgan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan yuridik shaxslar tomonidan – 2026 yil iyun oyi uchun yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida;

– soliq davri uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan kam boʻlgan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan yuridik shaxslar, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan – 2026 yilning II choragi uchun yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida;

 

  • aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yilning II choragi uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻini yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlash .

Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydiganlar qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻini har oyning 10-kunidan kechiktirmay yillik summaning 1/12 qismi miqdorida toʻlaydilar .

 

  • aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yilning II choragi uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlash .

Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydiganlar har oyning 10-kunidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarini toʻlaydilar .

 

  • Soliq agentlari tomonidan 2026 yil may oyi uchun norezidentlarning daromad soligʻi boʻyicha hisobotlarni taqdim etish.

Soliq norezidentga daromadlar toʻlangan kunning ertasidan kechiktirmay toʻlanadi ;

 

  • soliq agentlari tomonidan 2026 yil may oyi uchun dividendlar va foizlar soligʻi boʻyicha hisobot taqdim etish .

Soliq dividendlar va foizlarni toʻlash sanasidan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi ;

 

  • yuridik shaxslar tomonidan 2026 yil may oyi uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun hisobot taqdim etish va soliq toʻlash ;

 

  • QQS toʻlovchilar tomonidan 2026 yil may oyi uchun onlayn-NKT cheklaridagi texnik xatolarni tuzatish   .

 Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun 2026 yil may oyi uchun xatolarni tuzatishning soʻnggi kuni – 2026 yil 15 iyun  .

 

23 iyun

– soʻnggi kun:

  • 2025 yil uchun tuzatishlarni hisobga olgan holda jami daromadi 20 milliard soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil iyun oyi uchun foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash .

Agar oylik boʻnak toʻlovi summasi manfiy yoki nolga teng boʻlsa, tegishli chorakda boʻnak toʻlovlari toʻlanmaydi .

Joriy chorak davomida jami daromadi 20 milliard soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilgan soliq toʻlovchilar, ushbu chorak tugagandan soʻng har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlaydilar .

 

25 iyun

– soʻnggi kun:

  • 2026 yil may oyi uchun xodimlarning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda boquvchisini yoʻqotganlik, mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida nogironlik boʻyicha tayinlangan pensiyalar boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi xarajatlarini qoplash uchun mablagʻlar toʻlash

Ma’lumot uchun:

1. Muddatlar kunlarda koʻrsatilgan boʻlsa, ular qanday hisoblanadi?

Agar muddat kunlarda belgilangan boʻlsa, u kalendar kunlar haqida gap borayotganligi toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilmagan boʻlsa, ish kunlarida hisoblanadi.

Qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ishlanmaydigan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni hisoblanadi .

2. Muddatning soʻnggi kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelib qolsa, nima qilish kerak?

Agar muddatning oxirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ishlanmaydigan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish va (yoki) ishlanmaydigan kundan keyingi ish kuni muddatning tugash kuni deb hisoblanadi  .

3. Oʻzbekistionda 2026 yilda soliqlarni (yigʻimlarni) toʻlamaganlik va kechiktirganlik hamda hisobotlarni oʻz vaqtida topshirmaganlik uchun jarimalar

Soliqlar va yigʻimlarni toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik Soliq kodeksining 224-moddasi boʻyicha javobgarlikka sabab boʻladi – toʻlanmagan soliq va yigʻim summasining 20 foizi miqdorida jarima solinadi.

Soliqlar va yigʻimlarni kechiktirib toʻlaganlik uchun har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasining 1/300 qismi miqdorida, toʻlanmagan soliq summasidan foizlarda penya hisoblanadi  .

Soliq toʻlovchi tomonidan xizmat koʻrsatuvchi bankka soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik BHMning 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik (mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno) fuqarolarga BHMning 1 baravari, mansabdor shaxslarga esa 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik BHMning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

 

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text215887_2026_yil_iyun_oyi_uchun_bosh_buhgalter_rejasi