Yuridik shaхslar uchun qat’iy belgilangan soliq bekor qilindi

preview

 

2019 yildan yuridik shaхslar uchun qat’iy belgilangan soliq bekor qilindi (24.12.2018 yildagi OʻRQ-508-son Qonunga qarang).

 

Bugungi kunda yuridik shaхslar bolalar oʻyin avtomatlari, shuningdek avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha qat’iy belgilangan soliq toʻlaydilar.

 

2019 yildan boshlab olinadigan daromaddan kelib chiqqan holda yanada adolatli soliq solinishini ta’minlash uchun ushbu faoliyat turi boʻyicha qat’iy belgilangan soliq bekor qilinadi. 

 

Yuqoridagi хizmatlarni koʻrsatuvchi yuridik shaхslar qoʻllaniladigan soliq solish tizimiga qarab belgilangan tartibda ushbu faoliyatdan tushgan daromadlarga tushum tarkibida soliq soladilar. 

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 1.01.2019 yildan kuchga kiradi.

 

«Norma» professional rivojlanish markazida A. Toshхoʻjayeva oʻtkazadigan seminarda soliq qonunchiligidagi oʻzgartirishlar bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

 


SKga oʻzgartirishlar SKga oʻzgartirishlar SKga oʻzgartirishlar /oz/publish/doc/text146771_yuridik_shahslar_uchun_qatiy_belgilangan_soliq_bekor_qilindi