9 oyni xatolarsiz yopamiz:

2019 yildan boshlab yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi miqdori kamayadi, uni kichik korxonalar toʻlay boshlaydi. Bu 24.12.2018 yildagi OʻRQ-508-son Qonunda nazarda tutilgan.
Bugungi kunda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 5%ni tashkil etadi. 2019 yildan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 2%gacha pasaytiriladi.
Mol-mulkdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- normativ muddatlarda belgilanmagan jihozlar va normativ muddatda tugallanmagan qurilish ob’yektlariga mol-mulk soligʻi ikki karra oshirilgan stavkada toʻlanadi;
- 4.09.2018 yildagi PQ–3928-son qarorda belgilangan tartibda samarasiz foydalanilayotganligi yuzasidan chiqarilgan xulosa asosida normativ muddatda tugallanmagan qurilish ob’yektlari, boʻsh turgan binolar, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari boʻyicha Soliq kodeksida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yuzasidan nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilmaydi.
2019 yil 1 yanvardan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar – ishlovchilar soni va mahsulot realizatsiyasi hajmidan qat’i nazar, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlaydilar. Ilgari bu soliqni toʻlamasdilar.
Ayni paytda quyidagilar saqlanib qoladi:
- yagona yer soligʻini toʻlovchilarni mol-mulk soligʻidan ozod qilish, ushbu soliq boʻyicha esa imtiyozlar berish;
- bino va inshootlardan samarasiz foydalanayotgan yuridik shaxslar uchun, shu jumladan ilgari xususiylashtirilgan ob’yektlar, shuningdek normativ muddatda oʻrnatilmagan jihoz va normativ muddatda tugallanmagan qurilish ob’yektlari boʻyicha soliq oshirilgan stavkalarda hisoblab chiqariladi.
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 1.01.2019 yildan kuchga kiradi.
«Norma» professional rivojlanish markazida A. Toshxoʻjayeva oʻtkazadigan seminarda soliq qonunchiligidagi oʻzgartirishlar bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.