9 oyni xatolarsiz yopamiz:

2019 yildan boshlab davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar bekor qilinadi. 24.12.2018 yildagi OʻRQ-508-son Qonun bilan Soliq kodeksiga tegishli tuzatishlar kiritildi.
Bugungi kunda umumbelgilangan soliq solish tizimini qoʻllovchi korxonalar (notijorat korxonalar va kichik biznes sub’yektlaridan tashqari) davlat maqsadli jamgʻarmalariga (DMJ) 3,2%lik stavkada ajratmalarni toʻlaydilar. Ular sof tushumdan toʻlanadi (ayrim faoliyat turlariga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda).
2019 yildan boshlab DMJga ajratmalar bekor qilinadi.
Tushumdan toʻlanadigan ajratmalarning bekor qilinishi Oʻzbekiston soliq tizimini soliq solishning xalqaro amaliyotida qabul qilingan standartlarga yaqinlashtiradi. Ajratmalarning bekor qilinishi korxonalarning soliq yukini yengillashtiradi hamda boʻshagan mablagʻlarni investitsiyalarga, ishlab chiqarishni rivojlantirishga va xodimlarning mehnat haqini toʻlashga yoʻnaltirish imkonini beradi. Boshqa tomondan, bu soliq ma’muriyatchiligini soddalashtiradi va soliq nazorati samaradorligini oshiradi.
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 1.01.2019 yildan kuchga kiradi.
«Norma» professional rivojlanish markazida A. Toshxoʻjayeva oʻtkazadigan seminarda soliq qonunchiligidagi oʻzgartirishlar bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.