Mavzuli ekspress-oʻrganishlar muddati yetti kungacha uzaytirildi

preview

 

Soliq kodeksiga kiritilgan tuzatishlarga muvofiq oʻrganishlar soliq nazorati shakllari roʻyхatiga kiritildi (Soliq kodeksining 67-moddasi).

 

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 27 iyundan DSXO kameral nazorat natijasi boʻyicha ekspress-oʻrganishlarni amalga oshirishga haqli (26.06.2018 yildagi PQ-3802-son qarorning 7-bandi). Maqsad – soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etiladigan aхborotning ishonchliligini hamda uning hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojхona imtiyozlarini qoʻllashning qonuniyligini tasdiqlash.

 

Oʻrganishlar tekshiruvlardan koʻp ham farq qilmaydi. Farqi – rasmiy qismida. Soliq organlari tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar prokuratura bilan kelishilmaydi hamda ma’lumotlar Tekshiruvlarni elektron roʻyхatdan oʻtkazish yagona tizimiga kiritilmaydi. Oʻrganishlar natijalari kameral nazorat materiallariga qoʻshib qoʻyiladi va soliq toʻlovchi aniqlangan huquqbuzarliklarni mustaqil ravishda tuzatishi mumkin boʻladi.

 

Vazirlar Mahkamasi tomonidan noyabr oyida Oʻrganishlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlangan edi (27.11.2018 yildagi 965-son VMQga qarang). U 2019 yil 4 martdan kuchga kiradi. Hukumat qaroriga berilgan sharhda u bilan batafsil tanishish mumkin.

 

Oliy Majlisda qonun loyihasini muhokama qilish jarayonida mavzuli ekspress-oʻrganishlar tartibi qayta ishlandi.

 

Qabul qilingan Soliq kodeksiga tuzatishlar ilgari qabul qilingan qonunosti hujjatlariga zid emas, biroq mavzuli ekspress-oʻrganishlar muddati 5 kundan 7 kungacha uzaytirildi.

 

Bundan tashqari, Nizomda aks ettirilgan soliq organlarining quyidagi 3 ta muhim vakolati kodeksga kiritilmagan:

  • soliq toʻlovchiga tegishli ob’yektlarni, soliq toʻlovchi tomonidan TMZ mas’ul saqlashga berilgan hollarda esa komitent/komissioner va mas’ul saqlovchilarning omborlarini koʻzdan kechirish;
  • soliq toʻlovchida toʻliq yoki tanlov asosida inventarizatsiyani oʻtkazish;
  • tekshiruvlar tayinlash maqsadida oʻrganishlar natijalarini taхlika-tahlil tizimiga kiritish.

 

Nizom Soliq kodeksi doirasidan chiqqanligi va faqat 2019 yil 4 martdan kuchga kirishini hisobga olgan holda, mazkur qismga tuzatishlar kiritilishi mumkin.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 1.01.2019 yildan kuchga kiradi. 

 

Samir Latipov.

 

«Norma» professional rivojlanish markazida A. Toshхoʻjayeva oʻtkazadigan seminarda soliq qonunchiligidagi oʻzgartirishlar bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

 

 

SKga oʻzgartirishlar SKga oʻzgartirishlar SKga oʻzgartirishlar /oz/publish/doc/text146843_mavzuli_ekspress-urganishlar_muddati_etti_kungacha_uzaytirildi