9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Soliq kodeksi 401-bob bilan toʻldirildi, bu bilan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning yangi, soddalashtirilgan tartibi joriy etilmoqda (24.12.2018 yildagi OʻRQ-508 -son Qonunga qarang).
2018 yilda yalpi tushumi uch milliard soʻmdan oshmagan yuridik shaxslar 2019 yilda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibini (bundan keyin – soddalashtirilgan QQS) tanlash huquqiga ega.
Soddalashtirilgan QQSni toʻlash uchun mazkur yuridik shaxslar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga 2019 yil 1 fevralgacha yozma xabarnoma taqdim etishlari shart. Soddalashtirilgan QQSni 1 yanvardan toʻlaydilar.
Soddalashtirilgan QQS qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning umumiy tartibidan nimasi bilan farqlanadi
Soddalashtirilgan QQSning umumiy tartibdan (umumiy QQS) asosiy farqi quyidagilarda aks etadi:
|
|
Soddalashtirilgan QQS |
Umumiy QQS |
|
Tovarlar, ishlar, xizmatlarni yetkazib beruvchilarga toʻlangan QQSni hisobga olish imkoniyati |
Byudjet bilan hisob-kitoblarda «kiruvchi» QQS hisobga olinmaydi |
Byudjet bilan hisob-kitoblarda «kiruvchi» QQS hisobga olinadi |
|
Soliq stavkalari
|
Faoliyat turlariga qarab farqlangan stavkalar – 4%dan 15%gacha |
Barcha sohalar uchun yagona stavka – 20% |
Shu tariqa, soddalashtirilgan QQS – haqiqatda ilgari YaST toʻlovchilar toʻlagan aylanmadan soliq. Farqi shundaki, YaST korxona hisobidan toʻlanadi, soddalashtirilgan QQS esa tovarlar, ishlar va xizmatlar qiymatiga ustama sifatida xaridorga taqdim etiladi.
Soddalashtirilgan QQS bir vaqtning oʻzida ikkita vazifani hal etadi:
- bir yildagi yalpi tushumi 3 mlrd soʻmdan oshmagan sub’yektlar uni hisoblab chiqarishi va toʻlashini osonlashtiradi;
- buzilishlar bilan boʻlsa-da, mamlakat iqtisodiyotida qoʻshilgan qiymatni yaratuvchi zanjirlar faoliyat yuritishiga imkon beradi.
Soddalashtirilgan QQS toʻlovchisi nima qilmogʻi kerak
Soddalashtirilgan QQSni qoʻllayotgan soliq toʻlovchilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oluvchi shaxsga qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi va summasini koʻrsatgan holda hisobvaraq-faktura taqdim etishlari shart. Ushbu hisobvaraq-faktura qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning umumbelgilangan tartibini qoʻllayotgan soliq toʻlovchi soliqni hisobga olishi uchun asos boʻladi.
Import operatsiyalari va norezidentlarning soliq solinadigan oborotlari boʻyicha soddalashtirilgan QQS toʻlovchilar 20%lik stavkada soliq toʻlaydilar.
Soddalashtirilgan QQS uchun soliq davri kalendar yil, hisobot davri bir oy hisoblanadi.
Soddalashtirilgan QQSni hisoblab chiqarish tartibining qolgan jihatlari qoʻshilgan qiymat soligʻining umumiy tizimidagiga oʻxshash.
Soddalashtirilgan QQSning farqlangan stavkalari
Soddalashtirilgan QQS stavkalari faoliyat turlariga qarab farqlanadi:
|
№ |
Toʻlovchilar |
Soliq stavkalari soliq solinadigan bazaga nisbatan %da |
|
1 |
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi yuridik shaxslar, 2 – 6-bandlarda nazarda tutilganlar bundan mustasno |
7 |
|
2 |
Qurilish tashkilotlari |
8 |
|
3 |
Chakana, ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdoni amalga oshiradigan savdo korxonalari |
6 |
|
4 |
Umumiy ovqatlanish, mehmonxona xoʻjaligi korxonalari |
10 |
|
5 |
Kasbiy xizmatlar koʻrsatadigan yuridik shaxslar (auditorlik xizmatlari, soliq maslahati xizmatlari, konsalting xizmatlari, brokerlik xizmatlari va boshqalar) |
15 |
|
6 |
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qiladigan yuridik shaxslar, oʻzining ishlab chiqarish mahsulotlari bundan mustasno |
4 |
Koʻp korxonalar bir nechta faoliyat turi bilan shugʻullanadilar. Agar ular boʻyicha soddalashtirilgan QQSning turli stavkalari belgilangan boʻlsa, ushbu korxonalar alohida-alohida hisob yuritishlari va soliq toʻlovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha soliq toʻlashlari kerak.
Soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va toʻlash tartibi
Soddalashtirilgan QQS boʻyicha hisob-kitobni soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etish lozim. Yil yakunlari boʻyicha hisob-kitob yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Soddalashtirilgan QQS hisob-kitobi bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestrini taqdim etish zarur. Hisobvaraq-faktura shakli, uni toʻldirish tartibi, shuningdek hisobvaraq-fakturalar reyestrini yuritish shakli va tartibi DSQ va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Soddalashtirilgan QQS hisob-kitobni taqdim etish uchun belgilangan kundan kechiktirmay toʻlanishi lozim.
Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 1.01.2019 yildan kuchga kiradi.
«Norma» professional rivojlanish markazida A. Toshxoʻjayeva oʻtkazadigan seminarda soliq qonunchiligidagi oʻzgartirishlar bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.