Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:

2019 yil 1 yanvardan Vazirlar Mahkamasiga soliq va boshqa majburiy toʻlov boʻyicha imtiyozlar berish, hatto ularni toʻlashdan toʻliq ozod etish huquqi berildi (24.12.2018 yildagi OʻRQ-508-son Qonunga qarang).
Eslatib oʻtamiz, hozirgi kunda Soliq kodeksining 30-moddasiga muvofiq bunday vakolatga faqat Oliy Majlis va Prezident egadir. Imtiyoz qonunda yoki Prezidentning hujjati – farmoni, qarori, farmoyishida aks ettirilgan boʻlishi kerak.
Yangi yildan boshlab Vazirlar Mahkamasining imtiyozlarga doir masalalar boʻyicha qarori qaror yoki farmoyish shaklida rasmiylashtirilishi mumkin («Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida»gi Qonunning 20-moddasiga qarang). Tegishli qoʻshimchalar Soliq kodeksining 30, 31, 128-moddalariga kiritilgan.
Biroq qoʻshimcha shart ham kiritildi: Hukumat mazkur vakolatdan faqat alohida hollarda foydalanadi. Vazirlar Mahkamasi bunday qarorlarni qabul qiladigan aniq vaziyatlar hozircha aniqlashtirilmagan.
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 1.01.2019 yildan kuchga kiradi.
Samir Latipov.
«Norma» professional rivojlanish markazida A.Toshхoʻjayeva oʻtkazadigan seminarda soliq qonunchiligidagi oʻzgartirishlar bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.