Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:

2010 yilda belgilangan ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarni ish beruvchilar hisobidan toʻlash tartibi 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi (26.12.2018 yildagi PQ–4086-son qaror).
2010 yilgacha homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalar byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan toʻlanar edi. 2010 yildan buyon respublikada хodimalarga ushbu nafaqalarni ish beruvchining oʻz mablagʻlaridan, byudjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga esa tegishli byudjetlar mablagʻlari hisobidan toʻlash tartibi amal qiladi.
Prezidentning 26.12.2018 yildagi PQ–4086-son qarori bilan ushbu tartibning amal qilishi 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.
Eslatib oʻtamiz, ishlovchi ayolga «dekret puli» vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida homiladorlik va tugʻish ta’tilining butun davri (126 kalendar kun, tugʻish qiyin kechgan yoki 2 va undan ortiq bola tugʻilgan hollarda – 140 kun) uchun toʻlanadi.
Nafaqa toʻliq ish haqi miqdorida toʻlanadi. Bunda ushbu miqdor tashkilotda haqiqatda ishlagan vaqtga qarab tabaqalashtiriladi: ishga qabul qilingan kundan boshlab kamida 12 oylik ish stajiga ega boʻlganda – oʻrtacha oylik ish haqining 75%i, ish staji bir yildan ortiq boʻlganda 100%i toʻlanadi (batafsil qarang).
Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 28.12.2018 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova.