YaITning eng kam miqdori bekor qilindi

preview

 

Prezidentning 26.12.2018 yildagi PQ-4086-son qarorining 3-bandiga muvofiq 2019 yilning 1 yanvaridan yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori bekor qilindi. 

 

YaITning eng kam miqdori tushumlarni toʻliq ta’minlash maqsadida 2009 yilning 1 yanvaridan joriy etilgan edi (29.12.2008 yildagi PQ-1024-son qarorning 7-bandi). U har bir хodim uchun EKIHning 0,5 baravaridan 1 baravarigachani tashkil etgan (MV va DSQning 13.04.2010 yildagi 2095-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan qarori).

 

2019 yildan byudjetga faqatgina soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalar – asosan 12 va 25 foizdan kelib chiqib hisoblangan YaIT toʻlanadi (PQ-4086-son qarorga 8-ilova).

 

YaIT hisob-kitoblarni taqdim etish muddatidan kechiktirmay toʻlanadi (SKning 310-moddasi). Ya’ni hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda amalga oshiriladi.  

 

Shu bilan birga 26.12.2018 yildagi PQ-4086-son qarorning 6-bandida ish haqini olishda yoki uni plastik kartalarga oʻtkazish paytida YaIT hamda JShDS boʻyicha toʻlov hujjatlarini taqdim etish lozimligi nazarda tutilgan.

 

Soliq yukining, shu jumladan, YaIT miqdorining kamaytirilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlarni хodimlar ish haqini oshirishga yoʻnaltirish tavsiya etiladi (PQ-4086-son qarorga 7-ilova).

 

 Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 28.12.2018 yildan kuchga kirdi.

 

 

SKga oʻzgartirishlar SKga oʻzgartirishlar SKga oʻzgartirishlar /oz/publish/doc/text147128_yaitning_eng_kam_miqdori_bekor_qilindi