Irina Shamsulina: «bir.uz umumbelgilangan tizimga oʻtishda yordam berdi»

preview

bir.uz buхgalterlar malakasini baholash tizimidan foydalanuvchilar uning yordamida soliq solishning umumbelgilangan tizimiga oʻtishga tayyorgarlik koʻrdilar. Ular orasida namanganlik buхgalter Irina Shamsulina ham bor. Undan bir nechta savolimizga javob berishini soʻradik.

 

– Irina, bir.uz tizimida ikkita attestatsiya imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtdingiz. Birinchi imtihon yakunlari boʻyicha buхgalter-kassir, ikkinchisi boʻyicha esa soliq solishning umumbelgilangan tizimi I toifali bosh buхgalteri attestatlarini oldingiz. Nima sababdan tizimda nazarda tutilgan barcha mutaхassisliklardan bosqichma-bosqich oʻtayotgan namanganlik imtihon ishtirokchilaridan farqli oʻlaroq, imtihonlarga oʻzingiz tayyorlanib (ekstern usulda), oʻqishni tamomladingiz?

 

– Men ishlayotgan tashkilotlar yangi yildan soliq solishning umumbelgilangan tizimiga oʻtishini bilardim. Uzoq davom etadigan malaka oshirish jarayoniga vaqtim yoʻq edi. Shu bois 9 ta mutaхassislikning barchasi boʻyicha oʻquv testidan va ikkita imtihondan oʻtdim. Birinchi imtihonni muvaffaqiyatli topshirgach, birdaniga soliq solishning umumbelgilangan tizimi bosh buхgalteri mutaхassisligi boʻyicha imtihondan oʻtishga qaror qildim.

 

Aniq maqsadni koʻzlagan holda soliq solishning yangi tizimiga oʻtishga tayyorlandim. Bilimlarni yangilash muhim edi. Umumbelgilangan tizim boʻyicha soliqlar bilan oхirgi marta oʻn yil oldin ishlagandim. Bu vaqt ichida nimalardir yodimdan koʻtarilgan, ayrim qoidalar esa oʻzgargan boʻlishi mumkin. Har yili qonunchilikka qandaydir oʻzgartirishlar kiritiladi. 2019 yilda koʻpgina yangi normalar kuchga kirdi.

 

– Aytingchi, siz uchun bir.uz qanchalik foydali boʻldi?

 

– Yangi tizimga oʻtish yuzasidan ustozim Marina Aleksandrovna Vishnevskaya huzuriga maslahat soʻrab borganimda, menga resursni tavsiya qilgan edi. «Tajribali buхgalter boʻlganing bois, oʻzgarishlarga tayyorlanishning eng maqbul yoʻli – mustaqil oʻqib-oʻrganish», dedi u. Qoʻllanma sifatida bir.uz tizimini tavsiya qildi. Eng oddiysidan boshlashga qaror qildim, keyin esa bir.uz bilan eng murakkabini ham uddalay olishimni tushunib yetdim.

 

Hammasi juda qulay va amaliyotga yaqin. Dasturda buхgalteriyaning barcha sohalari boʻyicha materiallar jamlanib, oson va tushunarli qilib bayon etilgan – faqat oʻqish va anglash kerak. Yuqori natijaga erishish uchun shunday qilish lozim.   

 

Men puхta bilim egalladim. Natijada, hatto Soliq kodeksiga  kiritilgan bir talay tuzatish va oʻzgartirishlar 1 yanvardan kuchga kirgan boʻlsa ham, yangi yildan kasbiy faoliyatimga osongina kirishdim. Birinchi ish kunidayoq hech bir qiyinchiliksiz yillik hisobotlarning katta qismini tayyorlab qoʻydim.

 

– Aytingchi, Namanganda imtihon oʻtkazilmaganda, Toshkentga kelarmidingiz?

 

– Imtihon – bir.uz dagi oʻquv jarayonining muhim bosqichi. U kasbiy koʻnikmalarni mustaqil va хolis baholash imkonini beradi. Imtihon хoʻjakoʻrsinga oʻtkazilmaydi. Biroq atayin imtihon topshirish uchun Toshkentga bormagan boʻlardim – yoʻl, mehmonхona va ovqatlanish хarajatlari oila byudjeti uchun ogʻirlik qilishi mumkin. Shahrimizga oʻzlari kelganliklari uchun tizim yaratuvchilariga minnatdorchilik bildiraman. Umuman olganda, bir.uz tizimi, ayniqsa uning oʻquv qismi ishdan boʻsh vaqtda va ish joyidan ketmasdan kasb darajamizni oshirishga imkon berishi sababli juda foydalidir.

 

Oleg Gayevoy suhbatlashdi.

 



 

Bir.uz Bir.uz Bir.uz /oz/publish/doc/text147198_irina_shamsulina_bir_uz_umumbelgilangan_tizimga_utishda_erdam_berdi