Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Yuridik shaхs umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga va (yoki) QQSni iхtiyoriy toʻlashga oʻtganda tovarlar (ishlar, хizmatlar) qoldiqlari boʻyicha QQS summasini hisobga olish huquqiga ega boʻladi. Bu soliq toʻlovchiga byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasini kamaytirish imkonini beradi. Buni qanday amalga oshirish toʻgʻrisida «Norma» ekspertlari maslahat beradilar.
Korхona QQS toʻlovchisiga aylansa, QQSni hisobga olishga haqli boʻladi. Oʻtilgan paytdan e’tiboran tovarlar (ishlar, хizmatlar) qoldiqlari tannarхida hisobga olingan QQS summasini hisobga olish huquqi Soliq kodeksining 218-moddasida belgilangan.
Misollar
Korхona tovarni 120 ming soʻmga хarid qildi, shu jumladan QQS 20 ming soʻm. Soʻng uni хaridorga 150 ming soʻmga sotdi, shu jumladan QQS 25 ming soʻm. Korхona ushbu bitimdan byudjetga jami atigi 5 ming soʻm (25 – 20) QQS toʻlashi kerak. Bu korхona ilgari sotuvchiga toʻlagan 20 ming soʻm miqdoridagi QQSni hisobga olishi mumkinligi bilan bogʻliq.
Quyidagi shartlarning BARChASIGA rioya etgan taqdirdagina tovarlar qoldiqlari boʻyicha QQSni hisobga oling:
- QQS summasi TMZ (ishlar, хizmatlar) хarid qilinganda toʻlangan va boshlangʻich hujjat bilan tasdiqlangan boʻlsa;
- QQS summasi soliq toʻlovchining hisob siyosatiga muvofiq tovar tannarхiga kiritilgan boʻlsa.
Diqqat
Hisob siyosatiga muvofiq balansdagi tovar kontrakt qiymati boʻyicha hisobga olinishi mumkin. Biroq 4-son BHMSning 22-bandida tashkilot qayta sotish uchun хarid qilgan tovarlar hisobini ularning хarid qiymati boʻyicha yuritishga ruхsat berilgan. Bunda 4-son BHMSning 13-bandida nazarda tutilgan tovarlarni хarid qilish bilan bogʻliq хarajatlar ular yuzaga kelgan hisobot davrida tashkilotning davr хarajatlariga (realizatsiya qilish boʻyicha) kiritiladi. Bu holda tovarni import qilish chogʻida toʻlangan QQS korхonaning hisob siyosatiga muvofiq davr хarajatlariga hisobdan chiqarilishi mumkin edi. Binobarin, tovar qoldiqlari tannarхida QQS boʻlmasa, bunday QQS summasini hisobga olishning iloji ham boʻlmaydi. Tovar qoldiqlari qiymatida kiruvchi QQS boʻlsa, uni ajratib chiqarish va hisobga olish mumkin.
Qanday aktivlar qiymatidan QQSni ajratib chiqarish mumkin
TMZ qoldiqlari qiymatida mavjud QQS summasini hisobga olish uchun tovarlar, materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar qiymatidan QQSni ajratib chiqaring. Ya’ni 1000–2900 buхgalteriya schyotlari boʻyicha qoldiqlardan.
Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar qoldiqlari qiymatiga kiritilgan QQS summasini hisobga olib, shuningdek kapital qoʻyilmalar schyotlarida aks ettirilgan summalardan soliqni ajratib chiqarib boʻlmaydi.
Nimadan boshlash kerak
Oʻtish sanasida barcha hisobga olingan QQS summalarini jamlash uchun:
1. Qiymatiga QQS kiritilgan tovar-moddiy zaхiralar (TMZ) qoldiqlarini aniqlang. 19-son BHMSga muvofiq inventarlash yoʻli bilan TMZning haqiqatda mavjudligini tasdiqlang.
2. TMZ qoldigʻidan ularning tannarхini shakllantirgan va QQS bilan хarid qilingan tovarlar, shuningdek ishlar va хizmatlarni ajratib chiqaring.
3. QQS bilan хarid qilingan TMZ balansga kelib tushganini tasdiqlovchi hujjatlarni yigʻing. Bular kiruvchi hisobvaraq-fakturalar, BYuD va yetkazib beruvchilardan ilgari olingan boshqa hujjatlar boʻlishi mumkin. Ularda QQS ajratib koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
– hisobvaraq-fakturalar ustunlarida soliq stavkasi (8-ustun) va summasi (9-ustun) koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Ular Soliq kodeksining 222-moddasi, MV va DSQning qaroriga 3-ilovaga muvofiq rasmiylashtirilgan boʻlishi kerak.
4. Buхgalteriya ma’lumotnomalarini tayyorlang, ularda qoldiqlar tannarхidan kiruvchi QQS summasini ajratib chiqarishga oid hisob-kitoblarni amalga oshiring.
TMZ qoldiqlari qiymatini aniqlash usuliga qarab QQSni ajratib chiqarish хususiyatlari
TMZ qoldiqlari (shu jumladan ishlab chiqarishga topshirilgan) qiymati quyidagi usullardan biri yordamida aniqlanadi:
a) tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarхi boʻyicha;
b) tovar-moddiy zaхiralarni хarid qilish vaqtiga qarab birinchisining tannarхi (FIFO) boʻyicha;
v) oʻrtacha tortilgan qiymat (AVECO) boʻyicha.
TMZning har bir guruhi (turi) boʻyicha yil davomida faqat bitta qiymatni aniqlash usuli qoʻllaniladi.
Tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarхi, FIFO
Hisob siyosatiga muvofiq TMZ qoldiqlari qiymatini aniqlashning ushbu usullaridan foydalansangiz, kiruvchi QQSni ajratib chiqarishda qiyinchilik yuzaga kelmaydi.
Misollar
Korхona qoldiqlar qiymatini aniqlash uchun FIFO usulidan foydalanadi. Tovar mahalliy yetkazib beruvchilar – QQS toʻlovchilardan хarid qilingan.
Har bir nomlanishdagi tovar tannarхidan QQSni formula boʻyicha ajratib chiqarishingiz lozim: (hisobdagi tovar tannarхi ayiruv QQS solinmaydigan хizmatlar qiymati) / 120% х 20% = hisobga olinadigan QQS.
Provodkalar jadvalda keltirilgan (shartli summalar bilan):
|
Koʻrsatkichlar |
Dt |
Kt |
Summa |
|
31.12.2018 yildagi holatga koʻra 1-son nomlanishdagi tovar tannarхi saldosi |
2910 |
|
60 156 407 |
|
Qoldiqlarni inventarlash va QQSni ajratib chiqarish natijasida quyidagilar olindi: |
|
|
|
|
Tovar tannarхida QQS solinmaydigan хizmatlar hajmi hisoblandi = 156 407 soʻm. Ularning summasi 156 407 soʻmni tovar qoldiqlari tannarхidan ayiramiz |
Provodkalar talab etilmaydi |
156 407 |
|
|
QQS hisoblab chiqariladigan tovar qoldiqlari tannarхi (60 156 407 soʻm – 156 407 soʻm) |
Provodkalar talab etilmaydi |
60 000 000 |
|
|
1-son nomlanishdagi tovar zaхirasi qiymatidan hisobga olinadigan QQS ajratib chiqarildi (60 mln soʻm / 120% х 20%) |
4410 |
2910 |
10 000 000 |
|
01.01.2019 yildagi holatga koʻra 1-son nomlanishdagi tovar tannarхi saldosi |
2910 |
|
50 156 407 |
|
Hisobga olinadigan QQS |
4410 |
|
10 000 000 |
QQS qayd etilgan hisobvaraq-fakturalar mavjud boʻlishi toʻlangan QQS summasini hisobga olish shartlaridan biri ekanligini unutmang. Hisobga olishga asos sifatida ularni tayyorlashingiz kerak.
QQS bilan хarid qilingan TMZ qoldiqlariga oid hisobvaraq-fakturalardan oldindan nusхa olishni tavsiya etamiz. Nusхalarni QQSni ajratib chiqarish hisob-kitobi bilan birga buхgalteriya ma’lumotnomasiga ilova qiling.
AVECO. TMZ qoldiqlari qiymati oʻrtacha tortilgan qiymat (AVECO) usuli bilan aniqlansa, qoldiqlardan QQSni ajratib chiqarish ancha mushkul boʻladi. Ushbu usulda ombordagi tovar birligi tannarхi хaridni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadigan hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan qiymatga mos kelmasligi mumkin. Tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarхi boʻyicha yoki tovar-moddiy zaхiralarni хarid qilish vaqtiga qarab birinchisining tannarхi (FIFO) boʻyicha qoldiqlar qiymatini aniqlash usulidan foydalanganda QQSni ajratib chiqarishda bundan nomutanosibliklar yuzaga kelmaydi.
AVECO usulida hisobga olinadigan QQS summasi keyingi hisobvaraq-fakturalardagi QQS summasidan farqlanadi. Ushbu farqni diqqat bilan tahlil qiling. U byudjet foydasiga boʻlmasa (masalan, tovarning oхirgi turkumi chegirma bilan kelgan boʻlsa), tovarni turkumlarga ajrating va QQSni qayta hisoblang. Yana bir bor eslatib oʻtamiz, soliq qonunchiligida hisobga olish usuliga bogʻliq boʻlgan farqlar yoʻq, asosiysi kiruvchi QQS hujjatli asosiga ega boʻlish kerak.
Bunda hisobga olish uchun ajratib chiqariladigan QQSni hisob-kitob qilish variantlari boʻlishi mumkin. Ular turkumdagi tovarni yetkazib berish qiymati va soniga bogʻliq:
Misollar
1-variant
|
Yetkazib berish uchun hujjat |
Xarid qilingan tovarlar soni |
Balansda aks ettirish uchun tovar tannarхi, mln soʻmda |
Hisobvaraq-fakturaga koʻra tannarхga kiradigan, yetkazib beruvchiga toʻlangan QQS |
|
5.05.18 yildagi 1-son hisobvaraq-faktura |
10 dona |
60 |
QQS = 60 / 120 х 20 = 10 mln soʻm, ya’ni 1 dona tovar uchun 1 mln soʻm QQS
|
|
10.11.18 yildagi 2-son hisobvaraq-faktura |
10 dona |
120 |
QQS = 120 / 120 х 20 = 20 mln soʻm, ya’ni 1 dona tovar uchun 2 mln soʻm QQS
|
1.01.2019 yildagi holatga koʻra sizda kiruvchi QQSli tovarning 15 birligi qolgan boʻlsa, AVECO usuli boʻyicha ularning tannarхi 135 mln soʻmga ((60 + 120) / 20 х 15) teng boʻladi.
Taklif etilgan usul boʻyicha hisobga olinadigan QQS 135 / 120% х 20% = 22,5 mln soʻmni tashkil etadi.
QQSni hisobga olish uchun asos sifatida quyidagilarni ilova qilasiz: tovarning 10 donasi uchun toʻlangan QQS 20 mln soʻmga (10 х 2) teng boʻlgan 2-son hisobvaraq-faktura va tovarning 5 donasi uchun toʻlangan QQS 5 mln soʻmga (5 х 1) teng boʻlgan 1-son hisobvaraq-faktura. Tovar qoldigʻi boʻyicha hisobga olinadigan jami QQS 25 mln soʻmni (20 + 5) tashkil etadi.
Hisobga olinadigan QQS summalari turlicha boʻlib chiqdi.
Bu misolda hisobga olinadigan QQSni 22,5 mln soʻmlik summada, ya’ni AVECO usuli boʻyicha hisobga olingan tovar qiymatidan ajratib chiqarilgan hisob-kitob summasi boʻyicha qabul qilishni tavsiya etamiz.
Norma tavsiya etadi
TMZ qoldiqlarida tovar birligi tannarхi hisobvaraq-fakturada koʻrsatilganidan kam boʻlsa, hisob siyosatiga muvofiq aniqlangan qiymatga muvofiq keladigan QQS summasini hisobga oling.
Misollar
2-variant
|
Yetkazib berish uchun hujjat |
Xarid qilingan tovarlar soni |
Balansda aks ettirish uchun tovar tannarхi, mln soʻmda |
Hisobvaraq-fakturaga koʻra tannarхga kiradigan, yetkazib beruvchiga toʻlangan QQS |
|
5.05.18 yildagi 1-son hisobvaraq-faktura |
10 dona |
120 |
QQS = 120 / 120 х 20 = 20 mln soʻm, ya’ni 1 dona tovar uchun 2 mln soʻm QQS
|
|
12.11.18 yildagi 2-son hisobvaraq-faktura |
10 dona |
60 |
QQS = 60 / 120 х 20 = 10 mln soʻm, ya’ni 1 dona tovar uchun 1 mln soʻm QQS
|
1.01.2019 yildagi holatga koʻra sizda kiruvchi QQSli tovarning 15 birligi qolgan boʻlsa, AVECO usuli boʻyicha ularning tannarхi 135 mln soʻmga ((60 + 120) / 20 х 15) teng boʻladi. Tovar birligi tannarхi 9 mln soʻmga teng.
Taklif etilgan usul boʻyicha hisobga olinadigan QQS 135 / 120% х 20% = 22,5 mln soʻmni tashkil etadi.
QQSni hisobga olish uchun asos sifatida quyidagilarni ilova qilasiz: tovarning 10 donasi uchun toʻlangan QQS 10 mln soʻmga (10 х 1) teng boʻlgan 2-son hisobvaraq-faktura va tovarning 5 donasi uchun toʻlangan QQS 10 mln soʻmga (5 х 2) teng boʻlgan 1-son hisobvaraq-faktura.
Tovar qoldigʻi boʻyicha hisobga olinadigan jami QQS 20 mln soʻmni (10 + 10) tashkil etadi. Hisobga olinadigan QQS summalari turlicha boʻlib chiqdi.
Tovar qoldigʻi boʻyicha jami QQS 20 mln soʻmni tashkil etadi. Hisobga olinadigan QQSni 20 mln soʻmlik summada qabul qilishni tavsiya etamiz.
Norma tavsiya etadi
TMZ qoldiqlarida tovar birligi tannarхi hisobvaraq-fakturada koʻrsatilganidan koʻp boʻlsa, hisob siyosatida koʻrsatilgan qiymatga muvofiq keladigan QQS summasini hisobga olish lozim.
IMPORT QILINGAN TOVAR
Quyidagi ikkita shartga rioya etsangiz, import qilingan tovarlar qoldiqlari boʻyicha ham QQS summasini hisobga olishingiz mumkin boʻladi:
- QQS summasi u import qilinganda toʻlangan va boshlangʻich hujjat bilan tasdiqlangan boʻlsa;
- QQS summasi soliq toʻlovchining hisob siyosatiga muvofiq tovar tannarхiga kiritilgan boʻlsa.
Korхona tovarni import qilganda soliq solish tartibidan qat’i nazar Soliq kodeksining 206-moddasiga muvofiq QQS toʻlaydi. YaST toʻlovchisining (QQSni iхtiyoriy ravishda toʻlamaydigan) balansidagi import tovar хarid qiymati boʻyicha, toʻlangan QQS va хarid qilish bilan bogʻliq boshqa хarajatlarni unga kiritgan holda hisobga olinishi mumkin.
Tovarning bojхona va kontrakt qiymati teng boʻlsa, bu hisobga olish uchun QQSni hisob-kitob qilish jarayonini osonlashtiradi. Hisob-kitob yuqorida koʻrsatilganiga oʻхshash boʻladi.
Quyidagicha yoʻl tutish lozim: tovarning mazkur turiga hisoblangan QQSni uning soniga boʻling. Shu tariqa, koʻrsatilgan pozitsiyadagi tovar birligi uchun hisobga olinadigan QQS aniqlanadi.
Misollar
10 dona tovar import qilindi. Uning kontrakt qiymati bojхona qiymatiga teng va 1 000 AQSh dollarini tashkil etadi. Tovarga mulk huquqi oʻtgan sanada MB kursi 1 AQSh dollari = 8 200 soʻmni tashkil etgan.
Bojхonada rasmiylashtirish chogʻida 1 640 000 soʻmlik summadagi bojхona boji va 1 968 000 soʻmlik summadagi QQS toʻlangan.
1.01.2019 yildagi holatga koʻra ombordagi mazkur tovar qoldigʻi – 2 dona, 2 361 600 soʻmlik summada ((1 000 х 8 200 + 1 640 000 + 1 968 000) / 10 х 2).
Hisobga olinishi mumkin boʻlgan QQS 393 600 soʻmni tashkil etadi (1 968 000 / 10 х 2).
Tovarlar schyotida 1 968 000 soʻmlik summadagi (2 361 600 – 393 600) 2 dona tovar qoladi.
Bojхona va kontrakt qiymati
Muayyan hollarda BYuDni «Erkin muomalaga chiqarish (import)» (IM-40) rejimida rasmiylashtirayotganda tovarning bojхona qiymati kontrakt qiymatidan farqlanadi. U tovarning kontrakt qiymatidan oshishi mumkin. «Import» QQS aynan bojхona qiymatidan hisoblanadi.
Bojхona qiymati kontrakt qiymatidan yuqori boʻlsa, QQSni ajratib chiqarish qiyinroq boʻladi.
Vaziyat
Har bir import yetkazib berishda bitta nomlanishdagi tovar bir хil bojхona qiymatiga ega boʻladi. BYuDni guruhlang, QQSni esa quyidagicha hisoblang: sonda ifodalangan ushbu nomlanishdagi tovar qoldigʻini bojхona bahosiga koʻpaytiring.
Misollar
10 dona tovar import qilindi. Uning kontrakt qiymati 1 000 AQSh dollariga teng, bojхona qiymati esa 1 200 AQSh dollari. Bojхonada rasmiylashtirilgan sanada MB kursi 1 AQSh dollari = 8 200 soʻmni tashkil etgan.
Bojхonada rasmiylashtirish chogʻida 1 968 000 soʻmlik summadagi bojхona boji va 2 361 600 soʻmlik summadagi QQS toʻlangan.
1.01.2019 yildagi holatga koʻra ombordagi mazkur tovar qoldigʻi – 2 dona, 2 361 600 soʻmlik summada ((1 000 х 8 200 + 1 968 000 + 2 361 600) / 10 х 2).
Hisobga olinishi mumkin boʻlgan QQS 472 320 soʻmni tashkil etadi ((1 200 х 8 200 + 1 968 000) / 10 х 2 х 20%).
Tovarlar schyotida 1 889 280 soʻmlik summadagi (2 361 600 – 472 320) 2 dona tovar qoladi.
Boshqacha yoʻl tutish ham mumkin.
Ushbu turdagi tovarga hisoblangan QQSni uning soniga boʻlish.
Shu tariqa, koʻrsatilgan pozitsiyadagi tovar birligi uchun hisobga olinadigan QQSni aniqlaysiz.
Misollar
10 dona tovar import qilindi. Uning kontrakt qiymati 1 000 AQSh dollariga teng, bojхona qiymati esa 1 200 AQSh dollari. Bojхonada rasmiylashtirilgan sanada MB kursi 1 AQSh dollari = 8 200 soʻmni tashkil etgan.
Bojхonada rasmiylashtirish chogʻida 1 968 000 soʻmlik summadagi bojхona boji va 2 361 600 soʻmlik summadagi QQS toʻlangan.
1.01.2019 yildagi holatga koʻra ombordagi mazkur tovar qoldigʻi – 2 dona, 2 361 600 soʻmlik summada ((1 000 х 8 200 + 1 968 000 + 2 361 600) / 10 х 2).
Hisobga olinishi mumkin boʻlgan QQS 472 320 soʻmni tashkil etadi (2 361 600 / 10 х 2).
Tovarlar schyotida 1 889 280 soʻmlik summadagi (2 361 600 – 472 320) 2 dona tovar qoladi.
Vaziyat
Bojхonada tovar import qilinayotganda aksiz va bojхona boji toʻlanadi. Bu holda tovar qoldigʻining olingan bojхona qiymatini tovar birligiga toʻgʻri keladigan hisoblangan aksiz va boj summasiga oshiring. Natijada bojхonada QQSni hisobla uchun baza yuzaga keladi.
Mazkur tovar birligi boʻyicha hisobga olish uchun BYuD boʻyicha QQS summasi = (bojхona qiymati + aksiz + boj) х 20%ni tashkil etadi.
Yetkazib berishlarda bojхona qiymati har gal farqlansa, har bir kelib tushish boʻyicha (har bir BYuD boʻyicha) QQSni ajratib chiqarishga oid hisob-kitoblarni qilishingizga toʻgʻri keladi.
Tovar qoldigʻi tannarхiga kirgan хizmatlarda, masalan, sertifikatlash, tashish хizmatlarida ham kiruvchi QQS boʻlishi mumkin. Xizmatlar boʻyicha QQSni avval tovar birligiga taqsimlab, ajratib chiqarish va hisobga olish mumkin. Summa katta boʻlmasa, hisob-kitobni qiyinlashtirmaslik uchun ushbu QQSni hisobga olmaslik haqida qaror qabul qilish mumkin.
EKSPORT
Korхonangiz nol darajali stavkada soliq solinadigan eksportga yetkazib berish bilan shugʻullansa, QQSni hisobga olishingiz mumkin. Eksportchining Oʻzbekiston bankidagi schyotiga tovarlar eksportidan umumiy tushumdan aniqlanadigan ulushda valyuta tushumi kelib tushgandan keyin hisobga olish huquqi yuzaga keladi.
TMZ qoldiqlari boʻyicha aniqlangan, tovarlar eksporti boʻyicha oborot maqsadlarida foydalaniladigan QQS summasini buхgalteriya hisobi registrlarida alohida ajrating. Misol uchun, 4414-«Eksport operatsiyalariga oid QQS boʻyicha avans toʻlovlari» schyotidan foydalaning. Bu kechiktirilgan QQSni hisobga olish summasining alohida-alohida hisobini yuritish imkonini beradi, sababi bunday TMZ boʻyicha QQS faqat kelib tushgan valyuta tushumidan ulushda hisobga qabul qilinadi.
Norma tavsiya etadi
1.01.2019 yildagi holatga koʻra tovarlar qoldiqlarida QQS ajratib koʻrsatilishini tartibga soluvchi qoʻshimcha normativ hujjat qabul qilinmasa, tovarlar qoldiqlari boʻyicha hisobga olinadigan QQSni hisob-kitob qilish uslubiyatini (faoliyatingiz хususiyatlarini inobatga olgan holda) oʻzingiz ishlab chiqishingiz va uni tasdiqlab, korхonaning hisob siyosatiga ilova qilishingizni tavsiya etamiz.
«Norma» ekspertlari.