Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi, shuningdek 2019 yilda uyali aloqa kompaniyalari boʻyicha abonent toʻlovi miqdorlari tasdiqlandi. Bu 24.12.2018 yildagi OʻRQ–508-son Qonun va Prezidentning 26.12.2018 yildagi PQ–4086-son qarorida nazarda tutilgan.
Abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovni uyali aloqa kompaniyalari toʻlaydilar. Ular abonentlarga ajratgan raqamlar toʻlov ob’yekti hisoblanadi. Toʻlov majburiy toʻlov koʻrinishida byudjetga kelib tushadi. 2018 yilda u oyiga 4 000 soʻmni tashkil etgan.
2019 yil 1 yanvardan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov 2 baravar – 4 000 soʻmdan 2 000 soʻmga pasaytirildi. Bir vaqtning oʻzida uyali aloqa kompaniyalari uchun 15% stavkada aksiz soligʻi joriy etildi (26.12.2018 yildagi PQ–4086-son qarorga 19-ilova).
Aksiz soligʻining joriy etilishi, muloqot qiymatiga qarab mutanosib ravishda ushlab qolishdan kelib chiqqan holda, abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovga qaraganda adolatliroq soliq solishni ta’minlaydi. Ilgari uyali aloqa kompaniyalari abonent muloqotining davomiyligi va qiymatidan qat’i nazar, har bir abonent uchun bir хil summada abonent haqi toʻlar edilar.
Endi abonent toʻlovining jami summasi (2 000 soʻm) byudjetga yoʻnaltirilmay, 26.12.2018 yildagi PQ–4086-son qarorga 18-ilovaga muvofiq, normativlarga asosan turli jamgʻarmalar boʻyicha taqsimlanadi.