Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
2021 yilgacha iqtisodiy rivojlantirish yoʻnalishlari belgilandi
Prezidentning 8.01.2019 yildagi PF-5614-son Farmoni bilan 2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yoʻnalishlarining “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
U Jahon banki va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Hujjatning asosiy yoʻnalishlari:
- makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab turish;
- raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonlarini tezlashtirish;
- fuqarolarning ijtimoiy himoyasi va ularga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini mustahkamlash;
- kuchli bozor iqtisodiyotida davlatning rolini kuchaytirish va atrof-muhitdan foydalanish samaradorligini oshirish.
“Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirishni ta’minlash boʻyicha Iqtisodiy kengash tashkiliy-muvofiqlashtirish va tahliliy funksiyalari bilan, hamda uning huzurida Xalqaro ekspertlar guruhi tashkil etildi.
Dasturni amalga oshirish mexanizmi quyidagicha. Mas’ul idora “Yoʻl xaritasi”ga kiritilgan masalalar yuzasidan materiallar va NHHlar loyihalarini oldindan Iqtisodiy kengash Kotibiyatiga kiritadi. U yerda hujjatlar Iqtisodiy kengash va Xalqaro ekspertlar guruhi a’zolari bilan qayta ishlanadi. Shundan keyin Iqtisodiy kengash muhokamasi oʻtkazilib, tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Iqtisodiy kengash normativ-huquqiy hujjatlar loyixalarini ishlab chiqish, keng muhokama qilish, tasdiqlash va ularni Prezident Administratsiyasiga kiritishni ta’minlaydi.
Davlat rahbari iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va ijtimoiy sohaning jadal rivojlanishini ta’minlash uchun qator strategiyalar, konsepsiyalar va “Yoʻl xaritalari” ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berdi. Ularni Prezident Administratsiyasiga kiritishning aniq muddatlari belgilandi (quyidagi jadvalga qarang).
|
Strategiyalar |
Konsepsiyalar |
«Yoʻl xaritalari» |
|||
|
davlat ulushiga ega boʻlgan korxoialarni isloh qilish |
2019 yil 1 iyungacha |
Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish |
2019 yil 1 aprelgacha |
investitsion muhitni yaxshilash |
2019 yil 1 aprelgacha |
|
milliy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish (Raqamli Oʻzbekiston- 2030) |
2019 yil 1 dekabrgacha |
qishloq xoʻjaligini rivojlantirish |
2019 yil 1 oktyabrgacha |
yerdan foydalanishda moslashuvchanlik va shaffoflikni oshirish
|
2019 yil 1 noyabrgacha |
|
ta’limni rivojlantirish |
2020 yil 1 martgacha |
monetar siyosatni kuchaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash |
2019 yil 1 oktyabrgacha |
atrof-muhitii muhofaza qilish |
2020 yil 1 sentyabrgacha |
|
suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish
|
2020 yil 1 sentyabrgacha |
davlat pensiya tizimini isloh qilish |
2020 yil 1 yanvargacha |
||
|
moliyaviy sektorni yanada rivojlantirish |
2020 yil 1 iyungacha |
||||
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.01.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.