Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqladi.
Naqd pul tushumini bankka topshirish tartibi va muddati hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar uchun bank kassasidan naqd pul olish muddatlari, shuningdek, korxona kassasidagi naqd pul qoldigʻining ruxsat etilgan limitini belgilash boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomalar oʻtmishga aylanadi. Markaziy bankning yangi Yoʻriqnomasi kuchga kirishi bilan –19.02.2027 yildan boshlab – qoidalar oʻzgaradi: korxonalar kassada qancha naqd pul qoldirishni oʻzlari belgilaydilar, ammo buning uchun javobgarlik ham ularning zimmasida boʻladi.
Kompaniyalar daromadni qanday topshirishlari va ish haqini qanday toʻlashlari haqida bizning sharhimizda koʻrib chiqamiz. ...
Statistika hisoboti shakllariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi Milliy statistika qoʻmitasi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Hozirda 1-korxona yillik shaklini topshirishdan ozod qilingan kichik korxona va mikrofirmalar ushbu imtiyozdan mahrum boʻlishlari mumkin. Oʻrta korxonalar uchun 12-korxona shaklini oylik emas, choraklik qilish taklif qilinmoqda. Statistika hisobotlarini topshirish muddatlari, hisobot beruvchi tashkilotlar doirasi va koʻrsatkichlar tarkibi ham oʻzgaradi.
Umuman olganda, Milliy statistika qoʻmitasi loyihasida 3 ta shaklni bekor qilish va yana 16 tasini qayta koʻrib chiqish koʻzda tutilgan.
Loyihani muhokama qilish uchun atigi 10 kun vaqt ajratilgan. U bilan tanishish va takliflarni NHH loyihalari muhokamasi portalida qoldirish mumkin (loyiha ID raqami – 11905).
Aynan nimani oʻzgartirishni taklif qilishayotganini tahlil qilamiz. ...
Avval xabar berganimizdek, Prezidentning «Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoniga (06.05.2026 y. PF-78-son) muvofiq Adliya vazirligi huzurida Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi va uning hududiy boʻlimlari tashkil etildi. Agentlik toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga mas’ul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.
11.11.2026 yildagi 616-son VMQ bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Yangi qabul qilingan qarorning idora va elektron xizmatlar faoliyatini belgilaydigan yangiliklari bizning sharhimizda. ...
Prezidentning 10.11.2026 yildagi PF-243-son Farmoni bilan maxsus hududlarda qiymati 50 mln AQSh dollaridan yuqori boʻlgan yirik shaharsozlik loyihalarini amalga oshirayotgan investorlar uchun kengaytirilgan soliq, bojxona imtiyozlari va preferensiyalar paketi belgilandi.
Bizning sharhimizda prezident farmoni bilan investorlarga kafolatlangan soliq, bojxona va moliyaviy imtiyozlar haqida soʻz boradi. ...
Vazirlar Mahkamasining 06.11.2026 yildagi 610-son qarori miqdoriy cheklovlar (kvotalar) orqali eksport va importni tartibga solishning yagona va shaffof mexanizmini joriy etadi. Hujjat bilan mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo boʻlishga tayyorgarlik koʻrishi doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatda mahsulotlarning eksporti va importini miqdoriy cheklovlar orqali tartibga solish toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Qarorning tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari boʻlgan yuridik shaxslarga bevosita taalluqli asosiy jihatlarini koʻrib chiqamiz. ...
Oʻzbekistonda moliyaviy xizmatlar reklamasiga qoʻyiladigan talablar qat’iylashtirilib, ijtimoiy axborot doirasi kengaytirilmoqda. 10.11.2026 yildagi OʻRQ-1187-son Qonun «Reklama toʻgʻrisida»gi Qonunga aniq, ammo muhim oʻzgartirishlar kiritmoqda: endi aholiga, shu jumladan tadbirkorlarga sugʻurta savodxonligi faolroq oʻrgatiladi, banklar va mikrokredit tashkilotlari esa qarz oluvchilarni yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy xatarlar haqida ochiq ogohlantirishi shart.
Kreditlash va sugʻurta mahsulotlariga qiziqishning keskin oʻsishi fonida yangiliklar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy intizomni oshirishga qanday qaratilganini koʻrib chiqamiz. ...
Oʻzbekistonda tadbirkorlik muhiti oʻzgarishlarni boshdan kechirmoqda: davlat raqamlashtirish, shaffoflik va biznesning haqligi prezumpsiyasiga urgʻu bermoqda va shu bilan birga qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirmoqda.
«Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi regulation.adliya.uz portalida jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi (loyiha IDsi: 11152).
Muhokamada 2026 yil 26 noyabrgacha havola orqali ishtirok etish mumkin.
Qonun loyihasida taklif etilayotgan yangiliklar haqida batafsil – buxgalter.uz sharhida. ...
Soliq qoʻmitasining 09.10.2026 yildagi 2026-21-son qarori bilan DSQning «Soliq hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 2020-03-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi. Oʻzgartirishlar QQS shakllari hamda Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha yer soligʻi hisob-kitobiga taalluqlidir. Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan – 2026 yil 6 noyabrdan kuchga kirdi. ...
Oʻzbekistonda suv omborlari atrofida dam olish va turizm zonalarini yaratish qoidalari tasdiqlandi. Endi u yerdagi boʻsh turgan yerlar tasdiqlangan master reja boʻyicha va xavfsizlik qat’iy nazorat qilingan holda ochiq auksionlar orqali tadbirkorlarga beriladi. Kim yer olishi mumkin va boʻlajak kurortlarga qanday talablar qoʻyilmoqda – bu xususda bizning sharhimizda oʻqing. ...
02.11.2026 yildagi yangi OʻRQ-1186-son Qonun biznes uchun yongʻin xavfsizligi talablarini oʻzgartiradi. Oʻzgartirishlar bilan bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligiga doir minimal texnik talablar, tekshiruvlarning yangi tartibi, ayrim ob’yektlarni majburiy sugʻurta qilish, yongʻinlar oqibatida odamlarning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun qoʻshimcha toʻlovlar qonunchilik darajasida joriy etilmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilinganidan uch oy oʻtgach, 2027 yil 5 fevraldan kuchga kiradi – yangi talablarga tayyorgarlik koʻrishga ulguring. ...
Dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini tartibga soluvchi normativ hujjatlarga tuzatishlar paketi qabul qilish uchun tayyorlanmoqda. Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi (loyiha ID raqami: 10806) majburiy markirovkalashni hisobga olgan holda ularni ulgurji va chakana realizatsiya qilish qoidalarini batafsil belgilaydi, elektron tijoratga qoʻyiladigan talablarni kuchaytiradi. Shuningdek, muvofiq boʻlmagan mahsulotlarni chaqirib olish va yoʻq qilish tartib-taomillarini oʻzgartiradi. Ushbu yangiliklar farmatsevtika kompaniyalari, distribyutorlar va dorixona tarmoqlarining operatsion faoliyatiga ta’sir koʻrsatib, dorixona xodimlari va rahbarlari, elektron savdo platformalari operatorlari va buyurtmalar agregatorlari, shuningdek, yetkazib berish xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlarining javobgarlik hududlariga ta’sir qiladi.
Muhokamada 2026 yil 20 noyabrgacha regulation.adliya.uz portalida havola orqali ishtirok etish mumkin.
Batafsil – sharhimizda. ...
2027 yil 1 yanvardan boshlab QQS summalarini oʻzaro hisobga olish mexanizmi amalga kiritiladi: endi mamlakat ichida tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilishda hosil boʻlgan QQS boʻyicha ortiqcha toʻlovlarni import qilishda bojxona QQSini qoplashga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻnaltirish mumkin (20.01.2027 y. AV roʻyxat raqami 3966). Yangi qoidalar QQS toʻlovchilarining asosiy toifalari uchun aylanma hisob-kitoblarni soddalashtirish va fiskal ma’muriyatchilikning shaffofligini oshirishga qaratilgan.
Oʻzaro hisobga olishning yangi sxemasidan kimlar foydalana olishi, soliq va bojxona organlari oʻrtasida ma’lumotlarning avtomatik almashinuvi qanday amalga oshirilishi, shuningdek, qaysi hollarda hisobga olish rad etilishi mumkinligi – bizning sharhimizda. ...
2026 yil noyabr oyi tadbirkorlar uchun navbatdagi yengilliklar va raqamli islohotlarni olib keladi: biznes uchun elektr va gaz uchun oldindan toʻlovni kamaytirish, "yashil" issiqxonalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, bojxona toʻlovlarini kamaytirish va elektron shartnomalarga oʻtish.
An’anaviy sharhimizda qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlarni koʻrib chiqamiz. ...
Prezidentning 27.10.2026 yildagi PQ-387-son qarori suv omborlari va ularga tutash hududlardan foydalanishni tartibga solish maqsadida qabul qilingan. Buning uchun turizm xizmatlarini rivojlantirish, ushbu ob’yektlarda turizm va xizmat koʻrsatish infratuzilmasini shakllantirish, tadbirkorlik sub’yektlari va investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholi va sayyohlar xavfsizligini ta’minlash rejalashtirilgan.
Suv omborlari hududlarida turizmni rivojlantirishga qaror qilgan tadbirkorlar qanday imtiyozlarga ega boʻlgani va butun respublika boʻylab sayyohlik ob’yektlarida xavfsizlikni qanday ta’minlashi haqida sharhimizda koʻrib chiqamiz. ...
2026 yil 22 oktyabrdan boshlab suv olish tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar toʻgʻrisidagi yangi Nizom (21.10.2026 yildagi VMQ 585-son) kuchga kiradi. U sanksiyalarni qoʻllash tartibini, hisob-kitob formulasini va ixtiyoriy toʻlovda «imtiyozlar»ni belgilaydi. 2027 yildan boshlab esa birinchi tartibbuzarlik uchun ogohlantirish bilan qutulish mumkin.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida. ...
Moliyaviy hisobot milliy standartlarining (MHMS) 9 ta loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Ular MHMSning birinchi qoʻllanilishi, asosiy vositalar, zaxiralar, nomoddiy aktivlar, pul oqimlari, valyuta operatsiyalari, qarzlar boʻyicha xarajatlarga taalluqlidir. Muhokama uchun atigi 10 kun ajratilgan.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida. ...
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan. Yangiliklar qurilish kompaniyalarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga bevosita ta’sir koʻrsatadi.
2027 yildan boshlab pudratchilarning hisob-kitoblari, xarajatlar chegaralari va hisobotlarida nimalar oʻzgarishini sharhimizda koʻrib chiqamiz. ...
Oʻzbekiston tarixida birinchi marta sud jismoniy shaxslarning idoraviy hujjat qoidalarini haqiqiy emas, deb topish toʻgʻrisidagi arizasini qanoatlantirdi. ...
Oʻzbekiston Markaziy banki bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibini yangiladi. Tuzatishlar (20.10.2026 AV roʻyxat raqami 3420-3-son) yangi hujjatlar hisobiga mijozlarni identifikatsiya qilishni soddalashtiradi hamda banklarning sanatsiya va toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillaridan oʻtayotgan kompaniyalar bilan ishlash algoritmini oʻzgartiradi. ...
20.10.2026 yildagi OʻRQ-1183-son Qonun soliq toʻlovchilarning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turishda qoidalarni oʻzgartiradi. Qabul qilingan oʻzgartirishlar tartibga solish yuklamasini kamaytirishga, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatining barqarorligini ta’minlash maqsadida biznes va soliq organlari oʻrtasidagi nizolarni hal etishning sivilizatsiyalashgan sud mexanizmini joriy etishga qaratilgan.
Endilikda nizoli vaziyatlarda fiskal organlar nima uchun kompaniyalarning hisobvaraqlarini muqobilsiz ravishda blokirovka qilib qoʻya olmasligi haqida – sharhimizda. ...