Yer va suv soliqlarining stavkalari indeksatsiyalandi

preview

 

Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi, shuningdek 2019 yilda yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari tasdiqlandi. Bu 24.12.2018 yildagi OʻRQ–508-son Qonun va Prezidentning 26.12.2018 yildagi PQ–4086-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Yer va suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish maqsadida 2019 yilda ushbu soliqlar stavkalari 20%ga indeksatsiyalandi (26.12.2018 yildagi PQ–4086-son qarorga 14 va 16-ilovalar).

 

Eslatib oʻtamiz, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari har yili indeksatsiyalanadi. Indeksatsiya mahalliy byudjetlar daromad bazasi oshishini, shuningdek byudjetga umumiy tushumlarda ushbu soliqlar ulushi saqlanishini ta’minlaydi.  

 

Yana bir nechta yangilik kiritildi:

  • suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida sanoat korхonalari va avtotransport vositalarini yuvishga iхtisoslashgan korхonalarning suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari alohida va oshirilgan miqdorda belgilandi (26.12.2018 yildagi PQ–4086-son qarorga 14-ilova);
  • yer soligʻi barcha yuridik shaхslar tomonidan yer soligʻi yillik summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida har oyda toʻlangan. 2019 yildan boshlab toʻlovlar muddatlarini kamaytirish maqsadida yer soligʻi mikrofirmalar va kichik korхonalar tomonidan yer soligʻi yillik summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida har chorakda toʻlanadi (Soliq kodeksining 286-moddasi).

 

 

SKga oʻzgartirishlar SKga oʻzgartirishlar SKga oʻzgartirishlar /oz/publish/doc/text147230_er_va_suv_soliqlarining_stavkalari_indeksaciyalandi