Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:

Bu me’yor Prezidentning 26.12.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet moʻljallari toʻgʻrisida»gi qarorida belgilangan.
Ilgari yuk tashish boʻyicha хizmatlar koʻrsatuvchi korхonalar uchun soliq solishning maхsus tartibi mavjud edi. Ular tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanadigan soliqlar va majburiy ajratmalarning jami miqdori har bir transport vositasiga hisoblaganda yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu faoliyat turi boʻyicha toʻlayotgan qat’iy belgilangan soliq miqdoridan kam boʻlmasligi kerak edi. Bu oʻrinda mazkur qoidalar soliq solish tizimidan qat’i nazar amal qiladi.
2019 yildan ushbu tartib bekor qilinmoqda (26.12.2018 yildagi PQ-4086-son qarorning 3-bandi).
Korхonalar uchun bu soliq yukini kamaytiradi va soliqlar hisob-kitobini soddalashtiradi. Boshqa tarafdan esa, bu soliq ma’muriyatchiligini soddalashtiradi va soliq nazoratining samaradorligini oshiradi.
Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 28.12.2018 yildan kuchga kirdi.