Toʻliq eskirgan uskunalardan foydalanganlik uchun toʻlov bekor qilindi

preview

Bu Prezidentning 26.12.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020–2021 yillarga byudjet moʻljallari toʻgʻrisida»gi qarorida nazarda tutilgan.

 

Eskirgan uskunalar oʻz vaqtida almashtirilishini ragʻbatlantirish maqsadida 2011 yildan toʻliq eskirgan uskunalardan foydalanganlik uchun toʻlov joriy etilgan edi (AV tomonidan 21.02.2011 yilda 2199-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan). Asosiy vositalar sifatida balansida hisobga olingan toʻliq eskirgan uskunalardan oʻz ishlab chiqarish faoliyatida foydalanayotgan yuridik shaхslar (kichik biznes bundan mustasno) ushbu toʻlovni toʻlovchilar hisoblangan.

 

2019 yildan toʻliq eskirgan uskunalardan foydalanganlik uchun toʻlov samarasizligi va hisobini yuritish qiyinligini e’tiborga olgan holda bekor qilindi (26.12.2018 yildagi PQ–4086-son qarorning 11-bandi).

 

Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 28.12.2018 yildan kuchga kirdi.

 


SKga oʻzgartirishlar SKga oʻzgartirishlar SKga oʻzgartirishlar /oz/publish/doc/text147237_tuliq_eskirgan_uskunalardan_foydalanganlik_uchun_tulov_bekor_qilindi