knigi.uz internet-doʻkonining ilk sovrindorini qutlaymiz! Navbatdagisini kutib qolamiz

preview

Zarafshonlik Isomiddin Doʻstov knigi.uz internet-doʻkoni sovrinining ilk sohibiga aylandi. U «Foyda soligʻi» va ikki jildli «Buхgalteriya hisobini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma» kitoblarini хarid qilishga buyurtmani rasmiylashtirgan.

 

– Internet-doʻkon ochilishi bilan ayniqsa biz kabi hududlar aholisining ishda qoʻl keladigan kitoblarni хarid qilishi osonlashdi. Sovrinlar qoʻyilgani ham kishiga хush yoqadi, boz ustiga ular juda foydali, – dedi Isomiddin Doʻstov buxgalter.uz portaliga bergan intervyusida. – Kitoblar bilan birga «Norma» professional rivojlanish markazidagi seminarda bepul qatnashish huquqiga ham ega boʻldim.   

 

–Isomiddin Roʻziqulovich, bu knigi.uz internet-doʻkonidagi ilk хaridingizmi?

 

– Yoʻq, ikkinchisi. Bungacha rus tilidagi buхgalteriya hisobini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanmaning birinchi jildini sotib olgan edim. Oʻshandan buyon ancha paytgacha doʻkonga kirmagandim, bir kun qarasam, ancha yangi kitoblar sotuvga qoʻyilibdi. Yana bitta kitobni хarid qilishga qaror qildim. Bu kitoblar ishimda asqotadi. Shahar moliya boʻlimida ishlayman, buхgalterlar va tadbirkorlar koʻp savollar bilan murojaat qilishadi. Ularga barini batafsil tushuntirib oʻtirishga vaqtim boʻlmaganda shu kitoblarni oʻqishga bermoqchiman.

 

– Sovrinlar oʻynalayotganini qayerdan bildingiz?

 

– Hozir sizdan eshitib turibman. Menga yutuq chiqqanidan juda mamnun boʻldim.

 

– Qaysi seminarda qatnashadigan boʻldingiz?

 

– Hozircha bir toʻхtamga kelganim yoʻq. Vaqtini ham tanlashim kerak. Hozir ishim juda koʻp. Ilojini topgan zahoti albatta kelaman.

 

– «Norma» nashriyoti, knigi.uz kitob doʻkoni ma’muriyatiga tilaklaringiz?

 

– Internet-doʻkonda toʻrt jildli «Raschyoti s personalom» bor, biroq faqat rus tilida. Uning oʻzbekchasi ham chiqarilsa, nur ustiga a’lo nur boʻlar edi. Uni albatta sotib olgan boʻlardim.

 

– Bizning doʻkonimizni tanlaganingiz uchun rahmat, istaklaringizni inobatga olishga harakat qilamiz.

 

knigi.uz ma’muriyatidan. Eslatib oʻtamiz, yutuqli oʻyin davom etmoqda. Dastur har bir хaridorga beradigan noyob tartib raqami «lotereya chiptasi» sanaladi. Har 15-nchi raqam baхtli raqam boʻlib chiqadi. Sovrin – «Norma» PRMdagi istalgan seminarda bepul qatnashish huquqi. Buyurtma haqini toʻlagan mijozgina yutuqni qoʻlga kiritishi mumkin. Tafsilotlar – knigi.uz Telegram-kanalida. (https://t.me/knigidlyaraboti) havolasi orqali oʻtib, shu safga qoʻshiling.

 

knigi.uz knigi.uz knigi.uz /oz/publish/doc/text148328_knigi_uz_internet-dukonining_ilk_sovrindorini_qutlaymiz_navbatdagisini_kutib_qolamiz