Foyda soligʻi hisob-kitobini topshirishga qanday tayyorlanish mumkin

preview

Birinchi chorak uchun foyda soligʻi boʻyicha hisob-kitobni topshirish vaqti yaqinlashib qoldi. Uni 25 apreldan kechiktirmay topshirish zarur.

 

Foyda soligʻini toʻlaganlarga 2019 yilgi oʻzgartirishlar haqida eslatib oʻtamiz: 

 

  • Aksariyat yuridik shaxslar uchun (ayrimlarini istisno etmaganda) foyda soligʻi stavkasi – 12 %.
  • Dividendlar va foizlarga soliq stavkasi – 5 %.
  • Chegirilmaydigan xarajatlar roʻyxati – yopiq, chegiriladiganlariniki esa – ochiq. Bu soliq solinadigan bazani aniqlashni ancha osonlashtiradi, demak, soliqni hisoblab chiqarishda xatolarga va tekshiruv chogʻida nizoli masalalarga yoʻl qoʻymaslik imkonini beradi.
  • Chegiriladigan xarajatlarning ayrim moddalari boʻyicha cheklovlar olib tashlandi. Masalan, vakillik, sutkalik xarajatlar boʻyicha, jismoniy shaxslar foydasiga toʻlanadigan ixtiyoriy sugʻurtalashga sugʻurta mukofotlari summalari boʻyicha.
  • Toʻliq eskirgan uskunalar uchun toʻlov bekor qilindi.
  • Chegirilmaydigan xarajatlar tarkibiga oʻzgartirish kiritildi. Masalan, Oʻzbekiston norezidentlari va boshqa shaxslar uchun toʻlangan, shuningdek tekshiruvlar natijalariga koʻra qoʻshimcha hisoblangan soliqlar, kasaba uyushmasi qoʻmitalariga yordam koʻrsatish ular tarkibiga kiritildi. Va, aksincha, sud chiqimlari chiqarib tashlandi.
  • Soliq solish maqsadlari uchun ayrim toifadagi asosiy vositalar boʻyicha amortizatsiya stavkalari oʻzgardi. Masalan, bino va inshootlar boʻyicha stavka 5%dan 3 %gacha pasaytirildi. Bu chegiriladigan xarajatlar kamayishiga va foyda, demak, foyda soligʻi ham koʻpayishiga olib keladi.

 

Foyda soligʻi boʻyicha yangi shakllar MV va DSQning qarori (AV tomonidan 21.01.2019 yilda 3126-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan qarorga 1-ilova) bilan tasdiqlangan.

 

E’tibor bering!

 

Soliq agenti tomonidan toʻlov manbaida ushlab qolinadigan dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlardan olinadigan soliq hisob-kitobida nafaqat yuridik, balki jismoniy shaxslarga ham toʻlanadigan dividendlar va foizlar aks ettiriladi (Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hisob-kitobiga 8-ilova).

  

Agar foyda soligʻi bilan ishlash tajribangiz boʻlmasa, uni chuqur oʻrganmay turib hisob-kitobni toʻgʻri va oʻz vaqtida topshira olmaysiz. «Norma» ekspertlari aynan sizlar uchun sodda tilda misollar yordamida ushbu soliq haqida tushuncha berilgan oʻquv materiallarini ishlab chiqqanlar. Marhamat, ulardan bepul foydalanishingiz mumkin! 

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text148563_foyda_soligi_hisob-kitobini_topshirishga_qanday_tayerlanish_mumkin