Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
QQS toʻlovchilar uchun yana hisobot davri boshlandi. Koʻp buхgalterlarda savol yuzaga keladi: 2019 yil fevral uchun Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobi shakli qanday toʻldiriladi – ortib boruvchi yakun bilanmi yoki faqat fevral uchunmi?
Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobining (bundan keyin – QQS hisob-kitobi) oʻzi yil boshidan ortib boruvchi yakun bilan toʻldiriladi.
Biroq quyidagilar bir oy – ya’ni yanvar, fevral va h.k. uchun alohida toʻldiriladi:
- hisobvaraq-fakturalar reyestrlari – Hisob-kitobga № 4 va № 5 ilovalar;
- QQS hisob-kitobiga tikiladigan shablon fayllar – Sotib olish reyestri va Sotish reyestri.
«Oʻtgan hisobot davri uchun jami» satrida – yanvar uchun, «Joriy hisobot davri uchun jami» satrida esa fevral uchun koʻrsatkichlarni qayd etish zarur. «Jami (yil boshidan)» satri qiymati yanvar va fevral uchun ortib boruvchi yakunni hisobga olgan holda avtomatik ravishda shakllanadi.
QQS hisob-kitobini joʻnatishdan oldin quyidagilarni solishtirishni tavsiya etamiz:
- QQS hisob-kitobiga tikiladigan shablon fayllarda (Hisob-kitobga № 4 va № 5 ilovalar) kontragentlar STIRi mavjudligi va toʻgʻri koʻrsatilganligini. Ushbu ma’lumotlar asosan avtomatlashtirilgan buхgalteriya dasturlaridan avtomatik ravishda olinadi. Amaliyotda STIR qoʻyilmagan yoki notoʻgʻri STIR qoʻyilgan, ya’ni avvalboshdan buхgalteriya dasturiga notoʻgʻri kiritilgan hollar uchrab turadi. Shu sababli kontragentlar STIRini boshlangʻich hujjatlar – hisobvaraq-fakturalar, shartnomalarga qarab solishtirish zarur;
- summalar toʻgʻri aks ettirilganini – «Oʻtgan hisobot davri uchun jami» va «Joriy hisobot davri uchun jami» satrlaridagi koʻrsatkichlarni fevral uchun shablon fayllardagi ma’lumotlar bilan, shuningdek oʻtgan hisobot davri – yanvar uchun koʻrsatilgan ma’lumotlarga qarab tiyinigacha solishtirish. Masalan, yanvar uchun Hisob-kitobni joʻnatgandan keyin oʻz hisob ma’lumotlaringizda nimanidir oʻzgartirgan va QQS hisob-kitobi boʻyicha qayta hisob-kitobni taqdim etmagan boʻlsangiz, hisobot tekshirilmaydi – хato borligi koʻrsatiladi.
Eslatib oʻtamiz, 25 martdan kechiktirmay, fevral uchun QQS hisob-kitobini taqdim etish va uni toʻlash zarur.
Tatyana Limareva.