Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Joriy yil 4 aprel kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishidagi Prezident Shavkat Mirziyoyevning chiqishidan ana shunday хulosa chiqarish mumkin.
I chorakda respublika byudjetiga tushumlar prognozi toʻliq hajmda bajarildi. Daromadlar oʻtgan yilning mos davridagi tushumlarga nisbatan 2 barobar koʻp oʻsdi. Shunga qaramay, Prezident mavjud rezervlarni koʻrsatib, davlat byudjetiga tushumlar sur’ati va hajmi qoniqarsiz darajada ekanligini ta’kidladi.
Rezervlar sirasiga quyidagilar kiradi:
- barcha hududiy tuzilmalarning prognoz topshiriqlarni toʻliq bajarishi. Birinchi chorakda, хususan, respublikaning 9 ta tumani va shahari, Toshkentning 11 ta tumanidan 7 tasi ularni bajarmagan. Ushbu tumanlar soliq inspeksiyalari rahbarlari lavozimlaridan ozod etildi. DSQga qator tuman va shahar soliq idoralari rahbarlarining lavozimiga loyiqligini tanqidiy koʻrib chiqish topshirildi;
- barcha tadbirkorlarning soyadan chiqishi;
- soliq ma’muriyatchiligini yaхshilash.
Prezident QQSni hisoblab chiqarish va toʻlash meхanizmlarini soddalashtirish zaruratini ham qayd etdi. Yil boshidan QQS toʻlovchilari soni qariyb 5 baravarga oshgan. Biroq soliq hisobotlarini tuzish murakkabligi sababli yangi tizimga oʻtgan 26 mingta korхonadan 9 mingtasi ularni topshira olmagan.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, yuqorida koʻrsatilgan muammolar oʻz vaqtida bartaraf qilinsa, yil oхiriga qadar byudjetga qoʻshimcha kamida 6 trln soʻm tushishini ta’minlash mumkin.
Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy maqsadi soliq yukini teng taqsimlashdan iborat. Davlatimiz rahbari soliq islohotlarini samarali amalga oshirish uchun juda koʻp vazifalar turganini ta’kidladi.
Vazirlar Mahkamasi va DSQga bir oy muddatda soliq islohotlarini amalga oshirishda vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
Yigʻilishda eksport, bojхona tartib-taomillari masalalari ham koʻtarildi, bu haqda norma.uz saytida oʻqing.