Qoʻshilgan qiymat soligʻi ma’murchiligi jahon standartlariga moslashtiriladi

preview

Davlat soliq хizmati organlari soliq islohotlarining yangi davrida qshilgan qiymat solii mamurchiligini va soliq hisobotlarini soddalashtirishga alohida etibor qaratmoqda.

Hisobot shakllarining 9 ta ilovasi 5 taga kamaytirilgan boʻlsa, hisobvaraq-fakturalarning elektron koʻrinishi sinov tariqasida Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida qoʻllanilmoqda.

Natijada joriy yil I choragi yakunlariga koʻra, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari soni 5 barobarga koʻpayib, 35 mingtaga yetdi. Ushbu soliq orqali tushgan mablagʻlar 5,2 trln. soʻmni tashkil qildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga oshdi.

Shu bilan birga, joriy yildan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻloviga oʻtgan 26 mingta yangi soliq toʻlovchilarning 7,4 mingtasi hisobotlarini nol va 5,5 mingtasi manfiy summada taqdim etgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 4 aprel kuni 2019 yilning I choragi yakunlari boʻyicha Davlat byudjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda I yarim yillik uchun belgilangan koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini ta’minlash yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblashning samarali va sodda meхanizmlari ishlab chiqilmaganligi tanqid qilingan edi.

Hozirda qoʻshilgan qiymat soligʻi ma’murchiligini toʻliq avtomatlashtirish va tadbirkorlik sub’yektlariga qulay raqobat sharoitini yaratish boʻyicha tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish maqsadida Jahon bankining ekspertlar guruhi bilan birgalikda ish olib borilmoqda.

soliq.uz aхboroti asosida.

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text149453_qushilgan_qiymat_soligi_mamurchiligi_jahon_standartlariga_moslashtiriladi