Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 7,5 mln soʻmdan beriladi

preview

Oʻzbekiston Prezidenti 23 aprel kuni fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 74 yilligi nishonlanishi munosabati bilan tegishli Farmonni imzoladi.

 

Mudofaa vazirligi, IIV, DXXga pul mukofotini tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlash topshirildi.

 

9 may – Xotira va Qadrlash, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlganlarning xotirasini abadiylashtirish kuni.  Faxriylar bugun ham saflarimizda turib Vatan obroʻ-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshib kelmoqdalar, deyiladi hujjatda.

 

Bayram kunlari Vatanimiz ozodligi va sha’ni-sharafi himoyachilariga bagʻishlangan maxsus uchrashuvlar va ma’rifiy-badiiy kechalar tashkil etiladi.

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text149985_ikkinchi_jahon_urushi_qatnashchilari_va_nogironlariga_75_mln_sumdan_beriladi