Ish haqini yakka tartibda hisobga olish reyestri qanday yuritiladi

preview

Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish toʻgʻrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazildi (roʻyхat raqami 3158, 6.05.2019 yil).

Reyestrni yuritishdan maqsad fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqini yakka tartibda hisobga olish boʻyicha ma’lumotlarning yagona elektron aхborot bazasini yaratish hisoblanadi. 

Ish haqini hisobga olish reyestri fuqarolarning ish haqi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar asosida Davlat soliq qoʻmitasining markazlashgan aхborot bazasida shakllantiriladi.

Pensiyalarni tayinlash va toʻlash ishlarini oʻz vaqtida tashkil etish maqsadida Pensiya jamgʻarmasi markazlashgan aхborot bazasida joylashgan ma’lumotlardan foydalanish uchun soliq organlariga elektron soʻrov yuboradi.

Soliq organlari tegishli ma’lumotlarni soʻrov kelib tushgan kunning oʻzida Pensiya jamgʻarmasiga taqdim etishlari lozim.

Fuqarolar ish beruvchidan oyma-oy boʻlingan holdagi hisoblangan ish haqi toʻgʻrisida ma’lumotnomani bepul olish huquqiga ega.

 

Lola Abduazimova.

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text150604_ish_haqini_yakka_tartibda_hisobga_olish_reestri_qanday_yuritiladi