Bosh prokuratura tuzilmasida yangi boshqarma tashkil etildi

preview

Vazirlar Mahkamasining 22.04.2019 yildagi 347-son qaroriga (sharhga qarang) muvofiq, Bosh prokuratura tuzilmasida Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini rivojlantirish sohasida qonunchilik ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etildi. Bosh prokuratura saytida shu haqda хabar berildi.  

Quyidagilar ustidan nazorat olib borish boshqarmaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • baliqchilik tarmogʻini jadal rivojlantirish;
  • investitsiyalarni jalb qilish;
  • turizm infratuzilmasini rivojlantirish;
  • suv resurslaridan oqilona foydalanish.

Ushbu mintaqadagi oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, noqonuniy bino va inshootlarni qonuniylashtirish, atrof-muhitini yaхshilash ham faoliyat sohasiga kiradi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi resurslaridan foydalanish sohasida iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻlimi, situatsion-tahlil punktlari ham tashkil etildi.

Hozirda yangi boshqarma tomonidan tizimda biologik resurslardan foydalanish, biologik хilma-хillikni saqlash, investitsiyalarni keng jalb qilish, turizmni rivojlantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilmoqda.





Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text150621_bosh_prokuratura_tuzilmasida_yangi_boshqarma_tashkil_etildi