Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
2020 yil 1 yanvarga qadar muddatga import qilishda bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyoz beriladigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) mahsulot, xomashyo va materiallar roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritildi (13.05.2019 yildagi PF-5715-son Farmon).
Eslatib oʻtamiz, Roʻyxat Prezidentning 17.01.2018 yildagi PQ-3479-son qarori bilan tasdiqlangan, shu tariqa, imtiyoz 2018 yil 18 yanvardan qoʻllanadi.
Bojxona imtiyozi tatbiq etiladigan tovarlar roʻyxatida sement, shu jumladan, sement klinkeri (TIF TN kodi 2523) mavjud. 2019 yil 1 oktyabrdan sement chiqarib tashlanadi, biroq ushbu pozitsiyada imtiyozlar sement klinkeriga nisbatan saqlanib qoladi.
Mazkur holatda imtiyozlar asosiy qurilish materiallari, shu jumladan, sement klinkeri va asbest import qilinishida ishlab chiqaruvchi korxonalarga oʻzlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ham qoʻllanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.10.2019 yildan kuchga kiradi.
Oleg Zamanov.